Chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilmoqchiman, buning uchun qanday ruxsatnoma talab qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish litsenziya bekor qilingan va chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibi joriy qilingan.

Xabarnomani Litsenziya axborot tizimi orqali yuborishingiz mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications