Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish Strategiyasi tasdiqlandi
Joriy yil 29-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 166-son qarori qabul qilindi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, qaror bilan 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” hamda maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlanmoqda.
Strategiyani amalga oshirish natijasida:
davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashlari tarkibida mustaqil aʼzolar ulushi bosqichma-bosqich 30 foizga yetkazish;
davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish;
20 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish nazarda tutilgan.