Kosonsoy tuman davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, Yuridik markazi himoyasida.

Mamlakatimizda fuqarolarning mehnatga oid huquqlari qonun bilan  mustahkamlangan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va  qonunda  ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yil kunidagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5168-sonli qarori ham fuqarolarning mehnat xuquqlarini kafolatlarining yaqqol misolidir.

Xususan qarorning 2-bandida Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quydagilar belgilangan:

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

Kosonsoy tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi o‘z ish faoliyatini boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada qisqa muddat ichida xizmat ko‘rsatiladigan tashkilot hodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘liq ximoya qilindi;

Jumladan Kosonsoy tuman Xalq ta’lim bo‘limi tomonidan kelgan  buyruq loyihasida Kosonsoy tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabining O‘IBDO‘ A.T ga intizomiy jazo chorasini ko‘llash ko‘rsatilgan. Buyruq loyihasini xuquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida intizomiy jazo chorasini qo‘llashda Mexnat kodeksining 181-moddasida ko‘rsatilgan talablar xisobga olinmaganligi, hamda intizomiy jazo chorasi qo‘llash vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan qo‘llaniganligi sababli buyruq loyihasiga salbiy xulosa berilib xodimga noto‘g‘ri intizomiy jazo chorasi qo‘llanishini oldi olindi.

Xuddi shuningdek Kosonsoy tuman Xalq ta’lim bo‘limi tomonidan yuborilgan “Xalq ta’lim bo‘limi xodimi S.R ga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi” buyruq loyihasiga xam qonunga zid ravishda qo‘llanilganligi sabali salbiy xulosa berilib xodimning xuquqlari va qonuniy manfaatlari to‘liq ta’minlandi.

Xozirgi kunga qadar Kosonsoy tuman Yuridik markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlar tomonidan yuborilgan jami 2010 ta xujjat loyihalari ko‘rib chiqilib shundan 149 ta xujjat loyixalariga qo‘nunchiliqqa muvofiq emasligi sabali salbiy xulosa berilib qo‘nunbuzilish xolatlarini oldi olindi.

Shuningdek Yuridik markaz tomonidan xuquqlari buzilganligi yuzasidan murojaat qilib kelgan fuqarolarga qonuniy tushintirishlar berib kelinmoqda.

Kosonsoy tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan kelgusida davlat organlari va tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish davomida, ularning xuquqlari va qonuniy manfaatlari to‘liq ta’minlanishining kafili sifatida xizmat faoliyatini olib boradi.

   F.A.G‘ofurov

Kosonsoy tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti  

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications