Er-xotindan birining vafoti oqibatida nikoh tugatilishi tartibi qanday?

Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 37-moddasining 1-qismigaasosan er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb eʼlon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20-iyuldagi 06-sonli «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʼyicha qonunchilikni qoʼllash amaliyoti toʼgʼrisida»gi Qarorining 2-bandida, Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq nikoh er-xotindan birining vafoti yoki ulardan biri sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida tugashi, er va xotin hayotligida nikoh ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga koʼra nikohdan ajratish yoʼli bilan tugatilishi mumkinligi, zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkinligi toʼgʼrisida tushuntirishlar berilgan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications