Er-xotinning o‘zaro roziligi asosida nikohdan ajralishni qayd etish tartibi qanday?
FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi.
Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin yashab turgan joydagi FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDYo organiga ariza bergan kundan keyin 3 oy o‘tgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.
Er yoki xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishi to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko‘rsatilishi kerak.
Islombek Abdixakimov