F.M.Dostoevskiy: «Jinoyat va jazo» asaridan ostiga chizilgan parchalar.

Hayot menga bir marta beriladi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi: men «umum baxti» qachon kelarkin, deb kutib o’tirishni istamadim va istamayman. Men o’zim ham yashashni istayman, bo’lmasa, yashashning ham keragi yo’q.

* * *

…hammasi odamning o’z qo’lida, yuraging dov bermagandan keyin burningning tagidagi narsadan quruq qolasan. Qiziq, odamlar hammadan ko’proq nimadan qo’rqadilar? Bir yangi ishga jazm qilishdan, bir yangi so’z aytishdan hammadan ko’ra ko’proq qo’rqadilar…

* * *

Odamni o’zingdan nari itarganing bilan uni tuzatib bo’lmaydi, buning ustiga yana u yosh bola bo’lsa. Yosh bola bilan yana ham ehtiyotkorroq bo’lib muomala qilish kerak.

* * *

Kambag’allik ayb emas, biroq yo’qchilik bu – illat. Siz kambag’alchilikda hali o’zingizning tug’ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo’lasiz, yo’qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi.

* * *

Yolg’on gapni har doim ham kechirib yuborish mumkin; yolg’onchilik shirin narsa, chunki u to’g’ri gapni topib beradi.

* * *

Odamning tabiatini bir chekkaga yig’ishtirib qo’yib mantiqning o’zi bilan ish ko’rib bo’lmaydi! Mantiq bilan hodisaning uch tomonini ko’rish mumkin, inson tabiati esa millionlab ko’rinishlarga ega!

* * *

Bir o’limga hukm etilgan odam qatl etilmasidan bir soat oldin, agar men juda ham baland bir yerda, qoyaning tepasida, faqat ikkita oyoq sig’adigan bir joyda yashashimga to’g’ri kelganda, atrofim esa zimiston qorong’ulik, tubsiz, intihosiz okean, abadiy zulmat, abadiy yolg’izlik va abadiy bo’ron esib yotgan bir muhit bo’lsa-yu, shu bir qarich yerda tik turib, bir umr, ming yil, million yil yashashga to’g’ri kelsa, shunda ham shu hayot o’lib ketganga qaraganda ming marta afzal, deb bilardim! – degan ekan. Faqat yashamoq, yashamoq va yana yashamoq!

* * *

Berkitadigan narsasi bo’lmagan kishilar o’zlarini baxtli deb bilsalar arziydi.

* * *

Hayotning butun sir-asrorlari ikki taboq hajmli kitobcha ichiga bemalol sig’ib ketadi!

* * *

Kimda vijdon bo’lsa, xatosini anglasa, o’zi azobini tortaveradi. Bu jazo uning uchun katorgadan ham battar.

* * *

Boshqalar nima derkin, deb o’tirish ojizlikning birinchi belgisidir!

* * *

Keng fikrli qalbi teran odamlar uchun azob va dard chekish shart doimo. Menimcha, chinakam buyuk odamlar yorug’ dunyoga kelib ulug’ bir azob tuysalar ajabmas.

* * *

Hamma narsada chek-chegara degan narsa borki, undan naryog’iga o’tish xatarlidir. Zotan, bir marta chegaradan chiqdingmi, keyin orqaga qaytish kerak bo’ladi.

* * *

…omad kelmagandan keyin hamma narsa bema’ni bo’lib ko’rinadi!

* * *

Tabiat qonunlariga ko’ra, odamlar umuman ikki toifaga bo’linadilar: past toifa (odmi odamlar), o’ziga o’xshaganlarni urchitishdan boshqa narsaga yaramaydilar, ular urchish materialidirlar va ikkinchisi, odam deb sanasa arziydigan va hayotda, o’z muhitida yangilik, yangi so’z barpo qilish iqtidoriga, qudratiga ega bo’lganlar (favqulodda). Birinchi toifadagilar – bugungi kunning sohiblari, ikkinchidagilar esa kelajakning egalaridir. Birinchilar dunyoni eminlikda saqlab turadilar, moddiy borliqni miqdoran ko’paytiradilar, ikkinchilar esa dunyoni harakatga keltiradilar va uni maqsad sari olib boradilar.

* * *

Yoshlar uchun eng xatarli narsa ham shu, g’ayratning o’ziga yo’l topolmay bo’g’ilib qolishi, mag’rur intilishlarning o’ziga yo’l topolmasligi!

* * *

Bu dunyo yaralgandan beri olamda fikrlar va nazariyalar tug’ilib, g’alayon qilib, bir-biri bilan to’qnashib keladi, xo’sh, mening fikrim nimasi, nimasi bilan ularning fikrlaridan jo’nroq ekan, qani? Agarda bu ishga an’anaviy qarashlardan qutulib keng nazar tashlanganda edi, albatta, unda mening fikrim u qadar… g’alati bo’lib tuyulmasdi. O, siz chaqaga arzimaydigan donishmandu munkirlar, nega yarim yo’lga yetmasdan tappa-taq to’xtab qolasiz!

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications