Farzandlarning huquq va majburiyatlari qanday?

Azal-azaldan xalqimizda ota-ona farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yeyish-ichishi, ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan. Keyinchalik ota-ona kuchdan qolgach, farzandlar ushbu vazifani bajarishgan.

Albatta, necha ming yillar ilgari ham insonlar umuminsoniy qadriyatlar asosida ushbu burch va majburiyatlarini ongli ravishda zimmasiga olishgan.
Bugun farzandlarning huquq va majburiyatlari qonun doirasida belgilab berilgan.

Xususan, Konstitusiyamizda “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deya ta’kidlangan.
Gʻamxo‘rlik qilish uni faqat moddiy ta’minlab qo‘yish degani emas. Ularning ma’naviy hordiq chiqarishi, dam olishi, oila davrasida suhbatlashish ham g‘amxo‘rlik qilishning bir ko‘rinishidir.

Gʻamxo‘rlik ko‘rsatish farzandlarning nafaqat qonun doirasida belgilab berilgan huquq va majburiyatlari shuning barobarida, insoniylik burchi ham hisoblanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications