Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlashda axborot olish erkinligi

Ilmiy maqolalar

Qudratillayev Jaxongir Zokirjon o‘g‘li

TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Har kimning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqini ta’minlash davlat organlari zimmasiga buning uchun zarur sharoitlar yaratish majburiyatini yuklaydi. Buning uchun O‘zbekiston qonunchiligida axborotga ta’rif berilib, uning erkinligini ta’minlash choralari belgilangan.

Axborot erkinligi – har kimning axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqidir. Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.

Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.

Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:

A.»fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarininghuquqiy maqomini belgilovchi qonunchilik hujjatlari;»

B.»ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;»

D.»axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar;»

E.»Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishishart.»

Eng ahamiyatlisi, davlat organlari va boshqa jamiyat manfaatlariga taalluqli axborot egalari zimmasiga uni nafaqat olish erkiligini, balki keng ommaga yetkazish majburiyati yuklangan.

«Axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.»

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda:

har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga;

maqbul axborot resurslari yaratishga;

foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.

Davlat organlarining faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, ularning xavfsizligiga va boshqa jamiyat manfaatlarini ta’milashga qaratilgan. Shu tufayli davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni keng ommaga yetkazishning usullari va tartibi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilangan.

Qonunchilikda davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, cheklab qo‘yilishi belgilangan.

Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ- huquqiy hujjatlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hamda boshqa hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanilishi, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi to‘g‘risida, vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan o‘z rasmiy veb- saytlariga joylashtiriladigan tegishli axborot;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

amalga oshirilishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi.

!,Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish);

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni;

ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish;

axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Islombek Abdixakimov