Graf Monte-Kristo (frans. Le comte de Monte Cristo) – Aleksandr Dyumaning sarguzasht romani, 1844-45 yillarda yozilgan, fransuz adabiyotining klassik asari. Muallif Oʻrtayer dengizi boʻylab sayohat qilayotganida, Montekristo orolini koʻrgan va u yerda koʻmilgan xazinalar haqida afsonani eshitgan. Bundan keyin qahramon ismini oʻylab topgan. Muallif orol nomini oʻzgartirgan xolos. Romandagi voqealar 1815-29 va 1838 yillarda boʻlib oʻtadi.
Tavsif
Asarning bosh qahramoni, dengizchi Edmon Dantes, kema kapitanining oʻlim oldi vasiyatini bajarish maqsadida Parijga xat bilan keladi. Portga kelganidan soʻng Dantes, qoʻshni qishloqdagi Mersedes ismli qizga uylanishni niyat qiladi. Lekin dushmanlarining harakatlari sababli u If qasriga qamaladi. U yerda Dantes Faria ismli abbat bilan tanishadi. Faria gʻoyat katta xazina koʻmilgan joyni biladi va oʻlimidan oldin bu sirni Dantesga ochadi. Dantes qamoqdan qochadi, xazinani topadi va dushmanlaridan qasos oladi.
Roman qahramonlari
- Edmon Dantes-asarning bosh qahramoni, dengizchi. Adolatsizlik bilan qamaladi. Keyinchalik Graf Monte-Kristo nomi ostida taniladi.Abbat Faria-Edmon Dantesning doʻsti. Olim va rohib. Dantesga xazina sirini ochadi.
- Fernan Montego-Mersedesning qarindoshi. Baliqchi, Mersedes bilan turmush qurmoqchi boʻladi. Keyinchalik general-leytenant, Graf Morser va Fransiya peri unvonlariga sazovor boʻladi.
- Mersedes Errera-Dantesning kelini, keyinchalik Fernanning hotini.
- Alber de Morser-Fernan va Mersedeslarning oʻgʻli
- Danglar-“Faraon”da ishlaydigan muhosib. Dantesga qanday xoinlik qilish haqidagi gʻoyani olgʻa suradi. Keyinchalik baron va davlatmand bankirga aylanadi.
- Ermina Danglar-Danglarning hotini
- Ejeni Danglar-Danglarning qizi. Kelajakda aktrisa boʻlishni orzu qiladi.
- Jerar de Vilfor-Marsel prokurori yordamchisi. Keyinchalik Parijda qirol prokurori.
- Rene de Sen-Meran-Vilforning birinchi hotini
- Eloiza de Vilfor-Vilforning ikkinchi hotini, oʻgʻli Eduar uchun hamma narsaga tayyor.
- Nuartye de Vilfor-Vilforning otasi, sobiq yakobinets va Napoleon senatori, bonapartlik klubi raisi. Keyinchalik shol kasalligiga duchor boʻladi.”Bunga qaramasdan, u fikr yuritadi, u istaydi, u xarakat qiladi”
- Valentina de Vilfor-Vilforning toʻngʻich qizi, boy merosxoʻr.
- Eduar de Vilfor-qirol prokurorining oʻgʻli. Erka va tantiq.
- Gaspar Kadruss-Dantesning qoʻshnisi.
- Djovanni Bertuchcho-graf Monte-Kristo ishlarining boshqaruvchisi. Benedettoning oʻgay otasi.
- Benedetto- surgʻun qilingan, qochgan. Qirol prokurori va baronessa Danglarning nikohsiz tugʻilgan oʻgʻli. Parij jamiyatida vikont Andrea Kavalkanti ismi bilan taniq.
- Pyer Morrel-Marsel savdogari, “Faraon” nomli kema egasi.
- Maksimilian Morrel-Pyer Morrelning oʻgʻli.
- Djuli Morrel (Erbo)-Pyer Morrelning qizi.
- Emmanyuel Erbo-Djulining eri.
- Doktor dʼAvrinyi-Vilforlar oilasi shifokori. Birinchi boʻlib bu oilaning siri haqida bilib qoladi.
- Frans dʼEpine-Valentina de Vilforning kuyovi, Alber de Morserning doʻsti.
- Lyusyen Debre-Fransiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi.
- Boshan-“Xolis ovoz” roʻznomasining muharriri, Alber de Morserning doʻsti.
- Raul de Shato-Reno- Fransuz zodagoni, baron, vikont de Morserning doʻsti.
- Gayde- Yaninlik pash Ali-Tebelinning qizi.
- Luidji Vampa-yosh choʻpon, Rima atroflaridagi qaroqchilar toʻdasining boshchisi. Graf Monte-Kristoga hayoti va ozodligi bilan Buning evaziga u graf va uning doʻstlarini hech qachon tegmaslikka qasam ichgan.
- Djakopo- korsikalik “Yosh Ameliya” tartanining motrosi.”Yosh Ameliya” If qasridan qochayotgan Dantesni qutqaradi. Keyinchalik-graf kemasining kapitani.
- Batisten- graf Monte-Kristoning kamerdineri.
- Ali- qul, graf Monte-Kristoning hizmatkori.
Asarda ekzpozitsiya kitobxonni butun asar mazmuniga qiziqtirib,konflik yuzaga kelgan sharoit bilan tanishtirib,uni ko’z oldida yaqqol gavdalantiradi. Ekspozitsiya hajm nuqtai nazaridan turlicha bo’lishi va asarning turli o’rinlarida kelishi mumkin.”Graf De Monte Kristo” asari ham ekspozitsiya bilan ya’ni bosh qahramon Edmon Dantesning qamalishidan oldingi hayoti tasviri va tugun yuzaga kelish vaqtidagi shart – sharoitlar,asar voqealari kechadigan joy,voqea ishtirokchilari bo’lgan personajlarni tanishtirishdan maqsad yozuvchi ekspozitsiya orqali oldiga qo’ygan nishonni yaxshi olib biladi.
Asar haqida
Adabiyotda qo’llanadigan unsurlardan biri ekspozitsiya bo’lib,badiiy asar syujetining tarkibiy qismi,voqealar ro’y beradigan zamon va makon, personajlar to’g’risidagi muallif ma’lumotlari hisoblanadi.Graf Monte Kristo”asarida ekspozitsiya kirish qismida berilgan bo’lib butun asar syujetini boshqarib turadi.Ekspozitsiya voqelikning tuguni, rivoji,asosiy to’qnashuvlar hamda kulminatsion nuqtadan oldin keltirish orqali asarning badiiy ahamiyatini yoritib bergan.”Graf Monte Kristo” asarida ekspozitsiya bosh qahramon Edmon Dantes qamalishidan oldingi hayoti tasviri va tugunyuzaga kelish vaqtidagi shart-sharoitlar,asar voqealari kechadigan joy,voqea ishtiroklari bo’lgan personajlarni tanishtirish bilan boshlanadi.asar ekspozitsiyasi bo’yicha 1815-yilda “Faraon” kemasini tor yo’ldan Marsel gavaniga olib kirishga tayyorlanayotgan yosh yigitdan hamma ko’z uzmay turardi.Bu o’n sakkiz,yigirma yoshga kirgan qora soch,qora ko’z o’spirinning butun vujudida bolalik chog’laridanoq xavf-xatarga qarshi kurashga otlangan kishilarga xos xotirjamlik va qat’iyat aks etib turardi.Bu Edmon Dantes edi. Kemadan tushishi bilan “Faraon” ning egasi bo’lgan Pyer Morrelga baxtsiz hodisa yuz berganini, kema kapitani Lekler vafot etganini ma’lum qiladi.Bundan qattiq afsuslanganini bildirgan janob Morrel yuklarini so’raydi.Dantes yuklarni bus-butun kelganligini aytgach Morrel quvonib kemasiga loyiq kapitan topdim deya quvonib qo’ydi.dantes endigi suhbatni Morrelga peshvoz chiqib kelayotgan kema hisobchisi Danglarga qoldirib motam marosimini tayyorlashga ketadi.Morrel jonkuyar bu yigitni ko’rib ko’ngli yana bir bor taskin topadi Danglar yigirma beshlarga borib qolgan, hamisha qovog’idan qor yog’ib turadigan, ulug’larga xushomadgo’-yu, qaramidagilarga dag’al, darg’azab bir kishi edi.U hisobchi bo’lgani uchun emas,ko’pincha yuqorida zikr etilgan fe’l –atvori uchun matroslar undan nafratlanishar,Dantesni esa yaxshi ko’rishardi.Fursatdan foydalanib Danglar Dantesni qoralashga kirishdi.Kapitan olamdan olamdan o’tishi bilanoq , u hech kim bilan maslahatlashmay komandani o’z qo’liga oldi-da,to’g’ri Marselga yo’l olish o’rniga Elba oroliga yarim kun vaqtimizni behuda o’tkazishga majbur etdi,yoshlik va kibr bu yigitchani ancha hovliqtirib qo’ydi,endi o’ziga bino qo’yib,kapitan o’zimman deb gerdayyapti,juda o’ziga bino qo’yib yubor di.Danglarning bu gapiga javoban Morrel: ”To’g’ri u chindan ham kapitan-da”, ̶ dedi. Danglarning rangi o’chdi.Dantes kelganda Danglar bir qadam orqaga tisarildi. Janob Morrel undan nima sababdan Elba oroliga kirganligini so’radi. Dantes:
̶ Nimaga kirganimni o’zim ham bilmayman. Men kapitan Leklerning so’nggi topshirig’ini bajardim, xolos.U dunyodan ko’z yumayotib mendan bir paketni marshal Bertranga yetkazib berishni iltimos qilgan edi. Siz, Dantes, kapitan Leklerning buyrug’ini bajo keltirib,Elbaga to’xtab juda savob ish qilibsiz. Lekin marshalga xat olib borganingizni va imperatir bilan gaplashganingizni bilib qolishsa, sizga gap tegib qolishi mumkin. [28-b,1]Shu tariqa berilgan ekspozitsiya bevosita asardagi tugun paydo bo’lgan muhit bilan tanishtirib,voqealar rivojiga olib kiradi Asarning bosh qahramoni bo’lgan Edmon Dantesning hayotini qora bulutlar qoplab olishiga ham aynan shu Elba oroliga xat olib borgani sabab bo’ladi. Yosh bo’lishiga qaramay Dantesga janob Morrel kapitanlik vazifasini ishonib topshiradi.Yuragi g’azab va nafratga to’lgan Danglar esa bor imkoniyatini kuchga solib, Dantesni yo’q qilish chora tadbirlarini izlashga tushib ketadi. Dantesning boshiga kulfat tushishining asosiy sababi va u kimning qora niyati tufayli sodir bo’lgani shu qisqagina ekspozitsiya orqali yoritib berilgan.
Edmon va Mersedes bir ̶ biriga yoshlik chog’laridayoq mehr qo’ygan edilar.Ammo qayerda xursandchilik bo’lsa albatta yonboshida hasad bor.Edmonning o’zi bilmagan dushmanlaridan biri ̶ o’ziga do’st deb hisoblagan Danglar bo’lsa,ikkinchisi ̶ Mersedesning ishqida har ishga tayyor turgan,Mersedesning qarindoshi,baliqchi Fernan Montego edi. .Hayotdagi har bir alohida odam to’liq yechimi hech qachon topilmaydigan muammodir. Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning qirralarini butun murakkabligi, jilvalari, soyalari va tovlanishlari bilan tasvir etish orqali kishini o’zgani his etishga, begona kishining dardini anglashga odatlantiradi. Danglar va Fernanning maqsadi bir edi.Chunki Fernan ming urinmasin Mersedes Dantesni sevishini,Fernanni esa o’z akasi sifatida ko’rishini takrorlashdan charchamasdi. Dantesning qo’shnisi bo’lgan Gaspar Kadruss uning kelganini eshitib, keksa Dantesni qutlashga keladi va u yerda Edmonning kapitan bo’lganini hamda yaqin kunlarda go’zal Katalanilik Mersedes bilan turmush qurishini eshitib unga nisbatan yuragida hasad tuyg’usi paydo bo’ladi,ammo bu tuyg’u Danglar va Fernanning tuyg’usi kabi alanga olmagan edi.Kadruss o’zining qovoqxonasiga borib Danglar bilan pivoxo’rlik qilib o’tirganda,ko’zlaridan g’azab o’ti chaqnab turgan Fernanga ko’zi tushadi va uni ham o’zlariga sherik qilib olishadi
Fernan shu damda Edmonni o’ldirmoqchi ekanligini aytadi.Danglar esa uni bu fikridan qaytarib uni o’ldirishga hojat yo’q,masalan biror kishi Dantesning Neapol va Elbada to’xtab,safardan qaytgandan so’ng qirollik prokuroriga uning bonapartchilar agenti deb maxfiy ma’lumot bersa… deganda Fernan jon holatda ma’lumotni o’zim beraman, deydi.Danglar, ̶ basharti,gap bir yerdan chiqqan ekan,endi kim yozganini bilmasinlar uchun qalamni mana bunday qilib chap qo’lga olib,quyidagi qisqa ma’lumotni yozish kerak.Danglar ma’lumotni misol bilan tasdiqlab,qalamni chap qo’lida tutib qing’ir ̶ qiyshiq harflar bilan quyidagi hujjatni yozib,Fernanga berdi.Fernan ohista ovoz chiqarib o’qidi:
̶ “Janob qirollik prokurori,taxt va din muxlisi sizga shuni ma’lum qiladiki,”Faraon” kemasi kapitanining yordamchisi Edmon Dantes Smirnadan kelayotib Neapol va Porto ̶ Ferrayoga kirib o’tdi,Myuratdan uzurpatorga va uzurpatordan bonapartchilarning Parijdagi komitetiga xat olib keldi.Agar uni hibsga olishsa,fosh qiluvchi xatni cho’ntagidan yoki otasinikidan,yo bo’lmasa “Faraon” kemasining kayutasidan topish mumkin”.[36-bet,1]
Hech qancha kuch sarflamay Fernan Montego va Danglar o’z maqsadlariga erishadilar.Katta yutuqlarga erishishni g’oyat qiyin deb o’ylagan Edmonning yutuqlari sababi ̶ bu uning izzat ̶ nafsidan yuksak bo’lgan o’zligidir.Dantes hayotda ulkan yutuqlarga erishib borayotganligi bilan nafaqat o’zining baxtli taqdirini balki boshqalarning ham o’z shaxsiy baxti uchun kurashishiga turtki bo’layotgan edi.Birovning omadi hech qachon boshqalarni nimadandir mahrum etmaydi.Lekin Edmonning hali bo’lib ulgurmagan kapitanlik lavozimi va u orzu qilib yurgan ammo yetisholmagan Mersedes; Dantes o’ylab ham ko’rmagan odamlaridan birini mansabdan,birini esa muhabbatidan mahrum qilgan ekan.
Danglar va Fernan birgina mansab va muhabbatidan ayrilganini hazm qilolmay,nafrati tufayli hayotga endigina yorqin nigoh bilan kirib kelayotgan Edmonni butun bir yoshligini,yuragida jo’sh urib turgan hissiyotlarini,hayotga qo’yayotgan ulkan qadamlarini yo’qqa chiqarishadi.Asarda shu yergacha bo’lgan ekzpozitsiya kitobxonni butun asar mazmuniga qiziqtirib,konflik yuzaga kelgan sharoit bilan tanishtirib,uni ko’z oldida yaqqol gavdalantiradi.Nikoh xursandchiligi bilan yurgan Edmon bu voqealardan bexabar baxtidan sarxush bo’lib yurgan paytda,kutilmagan hodisa yuz beradi ya’ni uni hayotidagi eng baxtli damlari,nikoh to’yida hibsga olishadi.Buning sababini tushunmagan yosh yigit shu ketganicha qaytib kelmaydi.
Asarning ekspozitsiyasi butun boshli asarning mazmuni uchun xizmat qiladi.Ushbu asarning tuguni esa aynan shu Vilfor hamda Edmonning savol- javobi bo’lib hisoblanadi.Asarda ekspozitsiyaning badiiy ahamiyati juda yuqori bo’lib,voqealar rivojiga kitobxonni beixtiyor olib kiradi.
Buxoro shahar 8-maktab o’qituvchisi Axtamova Nigora G’ijduvon tuman8-DIUO’TMI o’qituvchisi Muhammadova Mahbuba