Do’st… Kim u?! Biz nega do’st bo’lamiz? Birortangiz o’zingizga shunday savollar berganmisiz?
Men berganman. Juda, juda ko’p marotaba berganman. Javobi esa doimo bir xil. U shunday dedimi, demak, shunday. Sababsiz gapirmaydi, bilmasa aytmaydi deguvchilarim. Nomimni, ismimni himoya qila oladiganlarim, qo’llab-quvvatlaydigan, ishonadiganlarim.
Yaxshi do‘st, toza vijdon va, albatta, yaxshi kitoblar – ideal hayot uchun boshqa narsa kerak emas! Ushbu ideal hayotni qurish esa hech qachon bir tekis yo’ldan bormaydi. Hayotimiz arg’imchoqqa o’xshaydi. Uni yurgizish kabi to’xtatish ham insonning qo’lida, kaftlari orasida turadi. Birovning tili orasidagi so’zga bog’liq emas. Do’sti bor inson arg’imchoq to’xtaganda yiqilishdan qo’rqmaydi, negaki uni tutib qolguchi bor. Ushbu asarda ham o’zida ming azobni tuysa ham do’st degan insoni uchun jon fido qilgan inson gavdalantirilgan. Bir qarashda bu Afg’onistonning og’ir kulfatlaridek tuyulsa-da, aslida chin do’stlik, qon-qardoshlikka yo’g’rilgan asardir. Dunyoda do’stlarni unutib yuborishdan ham qayg’uliroq narsa yo’q, axir do’st bo’lish har kimga ham nasib etavermaydi-da. Kimlar bilan yurganingizga, kim bilan do’st bo’lganingizga e’tiborliroq bo’ling, chunki:
Bulbul gulga….
Qarg’a axlatga….
olib boradi!
Haqiqatan ham sening fikringga oilangdan ko’ra ko’proq atrofingdagilar o’zlarining ilk ta’sirlarini o’tkazishar ekan. Atrofingga eng maqbul insonlarni jamlay olish esa sening iymoningning va hayotdagi saboqlarinning kuchiga o’ta mahkam, ko’rinmas iplar ila bog’langan bo’ladi.
Hammamiz ko’p eshitgan ibora:
“Do’st qiyin kunda bilinadi”
Buni tajriba qilib ko’rishni istaysizmi? Qur’onga do’st bo’ling. U sizga qiyin paytda, ya’ni qiyomatda shafoatchi bo’lib keladi. Har bir musulmon(muslima) ushbu fikrlarning ila yashaydigan afg’on xalqiga ham atrofidagi soxta do’stlar ta’siri sabab ayrolik, chuqur jarohatlar ostida ezilish holatiga tushib qoldi. O’zingdan chiqqan ilonlar esa undanda og’riqli holatdir. Ayrolik esa ko’p hollarda haqiqatni anglashda mayoq bo’ladi. Axir, tanganing ham ikki tarafi mavjud.
Oskar Uayld bir asarida aytgan edi:” Men sira ham odamlarga bir xil munosabatda bo’lmayman. Eng barkamol odamlar bilan do’st tutinaman, obro’-e’tibori durust odamlar bilan oshnachilik qilaman, dushmanlikka esa faqat aqlli odamlarni tanlayman…”.
Har jihatdan barkamol insonlar hamisha do’stlarimizga aylanishsin yokida atrofimizdagilar barkamol do’stlarga aylanishlari uchun harakatda bo’laylik. Hayot charxpalagi qo’limizda ekan Shamol ortidan yugurishga hojat bormikin?!
Sharh Muallifi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi
Xususiy huquq fakulteti 1-kurs talabasi Zebiniso Sheraliyeva