“Imomning maneken qizi” asari haqida | Omina Shenliko`g`li

Turkiyalik mashhur yozuvchi Omina Shenliko’g’li qalamiga mansub “Imomning maneken qizi” asari ayollarning jamiyatda o’z o’rnini topishda hamda ma’naviy qoloq bo’lib qolmasligi uchun ilmli bo’lishning ahamiyatini yaqqol ko’rsatib beruvchi eng sara asarlardan biridir. Asar voqealariga nazar soladigan bo’lsak, asarda imom oilasida voyaga yetayotgan Fotimaning ota-onasiga qilayotgan salbiy munosabatlari, Yoqub imom qanchalik ilm berishga harakat qilmasin, qizining xayoli ko’chadagi o’yin-kulgular bilan bandligi, Fotimaning otasi va onasi Gul xonimning so’zlariga quloq solmasdan, o’zga bir ayol, ya’ni Betush xolaning gaplariga ishonib, boshqa yurtlarda sarson-sargardonlikda hamda ayollik sha’niga putur yetkazganlik holati va asar yakunida Yoqub imomning maneken qizi otasining nasihatlariga quloq solmaganligidan afsuslanishi to’la ochib berilganligining guvohi bo’lishimiz mumkin.

Maqolani Mushtariybegim Shoymardonova tayyorlagan

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications