Bosh sahifa / Oila huquqi / Ism, familiya yoki ota ismini o’zgartirish mumkinmi?

Ism, familiya yoki ota ismini o’zgartirish mumkinmi?

Amaldagi qonunchiligimiz fuqarolarga o’z ism shariflarini o’zgaritirishga yo’l qo’yadi.

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o‘n olti yoshga to‘lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi – 226-modda

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish oqibatlari

Familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.
Er (xotin)ning familiyasi o‘zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydi.
Ota-ona har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilganda ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasi ham o‘zgartiriladi.
Agar ota-onadan biri o‘z familiyasini o‘zgartirsa, ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi.
Ota ismining o‘zgartirilishi uning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarining ota ismi albatta o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi – 227-modda
0