Lev Tolstoy. “Tirilish” romanidagi tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Quyida Lev Tolstoyning “Tirilish” romanidagi tagiga chizib o‘qilgan satrlar bilan tanishishingiz mumkin.

• Agar hamma ish prokuror yoki qonunni tatbiq etish-etmaslik qo‘lidan keladigan shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, sudning nima keragi bor? (262-bet)

• Odamlarning ma’naviy talabi shu qadar bo‘shki, hayot juda ham yengil ko‘rinardi. (279-bet)

• O‘zimiz tartiblarni tanqid qilamiz-u, lekin hukumatga yordam qilishni istamaymiz. (297-bet)

• Agar senat hukmning adolatli, adolatsizligini o‘zi belgilab, shu fikriga asosan sud hukmini bekor qilaverganda edi, senat tayanch nuqtasini yo‘qotib ko‘yib, adolat o‘rnatish u yoqda tursin, o‘zi adolatparvarlikni buzgan bo‘lardi. (306-bet)

• Najot tilayman deb ko‘zni shishirib yig‘layverish shart emas. Ishonish kerak, shunda ko‘ngling ochiladi. (315-bet)

• Yomon ishni takrorlamaslik va pushaymon bo‘lish mumkin, ammo yomon fikrlar esa yomon ishlarni tug‘diraveradi.
Yomon ish yomon ishga yo‘l ochadi, yomon fikrlar esa insonni shu yo‘lga sudraydi. (318-bet)

• Muhim va yaxshi deb hisoblangan narsalarning hammasi tuban yoki manfur, ana shu hashamat va zeb-ziynatlarga hamma ko‘nikib ketgan, eski jinoyatlar jazolanish u yoqda tursin, tantana qiluvchi, inson aqli o‘ylab chiqargan go‘zallik bilan niqoblangan. (332-bet)

• Turmush bizdan bajarilishi kerak bo‘lgan ishni bajarishdan boshqasini talab qilmaydi.

• Hammalari, ishlayotganlar ham, ularni ishlatayotganlar ham xuddi shunday bo‘lishi kerak, deb ishonadilar. Homilador xotinlari uyda og‘ir ishlarni bajarib yurgan, chirik ko‘ylak kiygan bolalari chillakdek oyoqlarini cho‘zib, ochlikdan o‘lay deb, keksalardek tirjaygan bir paytda bular qandaydir bir keraksiz ahmoq odamga, o‘zlarini talab, xonavayron qilayotgan odamlarning biriga mana shu ahmoqona keraksiz saroyni quradilar. (264-bet)

• U yuqoridan berilgan farmoyishlarni aynan bajarar va shu ish bilan faxrlanardi. Yuqoridan kelgan farmoyishlarga alohida ahamiyat berar, dunyoda boshqa har qanday narsani o‘zgartirsa bo‘ladi-yu, faqat yuqoridan berilgan buyruqni o‘zgartirib bo‘lmaydi, deb hisoblardi.(292-bet)

• Fan jinoiy qonunga aloqador bo‘lgan minglab turli-tuman, juda murakkab savollarga javob berardi-yu, faqat u qidirgan savolga javob bermasdi. Nexlyudov juda oddiy narsani: birovlarning boshqa birovlarni nega va qaysi huquqqa asosan qamaydi, qiynaydi, surgun qiladi, o‘ldiradi, holbuki, ularning o‘zlari qamatgan, azoblayotgan, kaltaklayotgan, surgun qilayotgan, o‘ldirayotgan odamlardan farqlari yo‘q-ku. (342-bet)

• Irsiyat jinoyatda qanday rol o‘ynaydi? Tug‘ma axloqsizlik bormi? Odob va axloq nima? Aqldan ozish nima? Aynish nima? Mijoz nima? Ob-havo, ovqat, jaholat, taqlid, gipnotizm, ehtiros jinoyatga qanday ta’sir qiladi? Jamiyat nima? Uning vazifalari nimalardan iborat? (343-bet)

• Inqilob imoratni tamomila ag‘darishi kerak emas, balki shu ajoyib, puxta, katta sevimli eski binoning ichkarisidagi xonalarni boshqacha taqsimlash kerak. (429-bet)

• Avval xalqqa ilm berib, keyin hayot tuzumini o‘zgartiramizmi yo avval tuzumni o‘zgartiramizmi — qaysi yo‘l bilan: tinch targ‘ibot yo‘li bilanmi yo terror yo‘li bilan kurashamizmi, deb baxslashamiz. Ular esa baxslashishmaydi, o‘z ishlarini bilishadi. (446)

• Qonun! U avval hammani taladi, odamlardan hamma yerni, hamma boylikni tortib oldi, hammasini tagiga bosib oldi, o‘ziga qarshi chiqqanlarning hammasini qirdi-yu, keyin talashmasin va o‘ldirishmasin, deb qonun yozdi. Shu qonunni oldin yozsaydi

• Toro degan amerikalik yozuvchi Amerikada quldorlik hukm surgan paytda, quldorlik himoya qilingan bu davlatda vijdonli odamga munosib bo‘lgan birdan-bir joy turma, degan. Peterburgga borib ko‘p narsalarni ko‘rib qaytgach, Nexlyudov ham xuddi shu fikrga kelgan edi.
«Xa, hozirgi zamonda Rossiyada vijdonli odamning munosib o‘rni — turma!» (333-bet)

• Sud jamiyatni hozirgi ahvolda saqlash maqsadini ko‘zlaydi. Shuning uchun ham sud jamiyat saviyasidan yuqori turgan va jamiyatni ko‘tarishga uringan siyosiy jinoyatkor deb ataluvchilarni va jamiyat saviyasidan past bo‘lib jinoiy shaxs deb ataluvchilarniyam ta’qib etadi, qatl qildiradi. (353-bet)

• Boshqalar ko‘rmayotgan narsalarni ko‘rayotgan men jinnimi yoki shu men ko‘rayotgan narsalarni vujudga keltirayotganlar jinnimi? (449-bet)

• O‘zlari yomon bo‘lganlari holda yomonlikka barham berishmoqchi bo‘lishgan. Axloqsiz odamlar axloqsizlarni tuzatmoqchi bo‘lishgan va bu maqsadga sun’iy yo‘llar bilan erishmoqni o‘ylashgan. Lekin bu harakatlarning oqibati shu bo‘lganki, muhtoj va tama’gir kishilar odamlarni jazolash va tuzatish deb atalgan ana shu soxta tadbirni o‘zlariga kasb qilib olishib, o‘zlari o‘lguday buzilganlar va qiynab kelayotgan odamlarini ham sira tinmay buzmoqdalar. (484-bet)

• Sizlar jinoyatchi deb bilgan kishilarni necha yuz yillardan beri jazolab kelasizlar. Xo‘sh, jinoyatchilarni yo‘qotoldingizmi? Yo‘q, balki jazo orqali buzilgan jinoyatchilar hisobiga am, bahuzur o‘tirib olib odamlarni talovchi jinoyatkor — sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, turmachilar hisobiga ham ularning son-sanog‘i oshdi, xolos. (485-bet)

 

Farg’ona Davlat Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi Mamatojieva Sarvinoz Dilshodjon qizi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications