Merlin Monro | Aforizmlar

 

Aktrisa bo’lish haqida orzu qilish, aktrisalikdan ham ko’proq zavq bag’ishlaydi

***

Asling kabi bo’lib yomon ko’rilish, sohta qiyofada sevilishdan ko’ra yaxshiroqdir.

***

O’tmishdagi muhabbat tarixi ayol sevgisini susaytiradi deb o’ylovchi erkak  – ahmoq hisoblanadi.

***

Hamisha, hamisha, hamisha o’zingizga ishoning. Chunki, agar o’zingiz ishonmasangiz, boshqa kim ham ishonardi, azizim!

***

Ayol kishini kuldirolgan erkak, uni istalgan narsaga ko’ndira oladi.

***

Kulishdan to’xtamang, chunki hayot go’zal, va u kulishga arzigulik narsalar bilan to’la.

***

Bizlarning barchamiz – yulduzlarmiz, ammo qanday porlashni o’rganishimiz lozim.

***

Barcha sodir bo’ladigan hodisalarda bir sabab bo’lishiga ishonaman. Odamlar o’zgaradi, toki ulardan voz kecha oling, ishlar yurishmaydi, toki yurishgan paytiga shukr qiling, yolg’onlarga ishonasiz, oqibatda kelgusida o’zingizdan boshqa hech kimga ishonmaslik uchun, ba’zida yaxshi narsalar ajraladi, boshqa yaxshiroq narsalar bilan birlashish uchun.

***

Ba’zida yaxshi narsalar ajralishi kerak, toki ular yaxshiroq narsalar bilan birlashishi uchun.

***

Biz bilan sodir bo’ladigan yagona narsa – sevgi va ish deb o’ylayman.

***

Pardoz ostida va kulgu ortida, shunchaki dunyolarni orzu qiluvchi qizaloqman.

***

Qiz yigitdan orzu qiladigan yagona narsa, ularning hammasi bir emasligini isbotlashdir.

***

Yomon kunimda birga bo’lolmasang, yaxshi kunimda birga bo’lishga arzimaysan!

***

Muvaffaqqiyat ko’p odamlarning sendan nafratlanishiga sabab bo’ladi. Qaniydi bunday bo’lmaganida. Agar bunday bo’lmaganida, atrofingdagilar ko’zida nafratni ko’rmay, yutuqlaringdan bemalol quvonar eding!

***

Nomukammallik bu – chiroy, ahmoqlik bu – daholik, va bachkana bo’lish o’ta zerikarli bo’lishdan yaxshiroqdir.

***

Bir marta muvaffaqqiyatsizlikka uchrashin, hamma sohada muvaffaqqiyatsiz ekanligingni bildirmaydi.

***

Yolg’iz baxtsiz bo’lish, kim bilandir uzoq vaqt baxtsiz bo’lishdan ko’ra afzalroqdir.

***

Haqiqiy sevuvchi erkak peshonangdan o’pib, yoki ko’zlaringga kulib tikilib yoki koinotga qarab ham seni hayajonga soluvchi erkakdir.

***

Hayotimning ko’p qismini o’zimdan qochishga sarfladim.

***

Men muvaffaqqiyat qozonish uchun yashayman, senga yoki boshqalarga yoqish uchun emas.

***

Do’st sen eshitishni istagan narsani, chin do’st haqiqatni gapiradi.

***

Menda ham qalb bor, men hanuz odamman. Men istaydigan yagona narsa sevilish va iste’dodimning ardoqlanishi.

***

Men odamlarni kuchsiz bo’lganim uchun emas, ularning xatolarini tushunoladigan darajada kuchli bo’lganim uchun kechiraman.

***

Har doim kulishni yodingda tut va hayotda erishganlaringga nazar sol!

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications