“Molxona” asari haqida | Jorj Oruell

“Hayotimiz–qashshoqlik va qullikdir. Haqiqat shudir.”

Asarning nomlanishi

Asar nega aynan “Molxona” deb atalgan? Asarning yozilgan davriga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 1943-1944-yillarda yozilgan aynan ikkinchi jahon urushi yillarida. Bu paytda vaziyat qanday edi? Davlatlarning, aholining ahvoli qanday edi? Ma’naviy darajasi qanday edi? kabi savollarga javob topish jarayonida shunga amin bo’lishimiz mumkinki, bu asarni insonlar shunchaki molxona haqidagi asar deb qabul qilishgan ammo asar aslida faqat molxona yoki hayvonlarning ahvoli haqida emas aksincha o’sha davrdagi va hatto kelajakka qadar davom etadigan ulkan mavzuni yozuvchi ko’tarib chiqqan. Yozuvchida hatto baholash orqali kelajakni ko’ra olish qobiliyati ham bor desak bo’ladi chunki ikkinchi jahon urushidan keyin ko’pchilik davlatlarda inqiloblar boshlandi, hamma o’z huquqlarini talab qila boshladi, demokratik tamoyillarni asos qilib oldi, qudratli davlatlar ham hamma teng huquqliligi va adolat prinsiplarini yoqladi.

Asarning maqsadi

Bu asar bilan yozuvchi nima demoqchi? Aynan o’sha ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlarning bo’lajak ahvollarini tasvirlab bergan va davrning eng katta muammosini hayvonlarda ko’rsatish orqali fosh etgan.

Asarda voqealar rivoji

Hayvonlar yashaydigan “Qo’rg’oncha” nomli fermada hayvonlar yig’ilib majlis o’tkazishadi va Keksa mayor nomi bilan mashhur bo’lgan cho’chqa erkinlik, hurlik haqida hayvonlarga ma’ruza o’qiydi va ularni ma’nan inqilobga tayyorlaydi.

Asardan parcha

Biz va sening tirikligingdan nima ma’no bor? Kelinglar, haqiqatning yuziga tik qaraylik: qisqa hayotimizning har bir kuni xo’rlikda va zahmatli mehnatda o’tadi. Tug’ilganimizdan boshlab bizga o’lmaydigan darajadagina ovqat berishadi, kuchi bor hayvonlar eng so’nggi nafasigacha ishlashi kerak.

Odam o’zi hech narsa ishlab chiqarmay, hammasini hazm qiladigan yagona maxluqdir. 

Yuqoridagi parchalardan ko’rinib turibdiki, ular albatta o’zlarining ayni damda yashayotgan hayotlaridan “yaxshiroq” hayotda yashashni orzu qilishgan edi. Vaqt o’tadi hayvonlar inqilob qilishadi, erkinlikka erishishadi ammo hayot ular orzu qilganday bo’lmaydi. Ular o’z ku than natijalariga erisha olmaydi ammo ahmoq hayvonlar butun umr buni bilmay o’tib ketishadi. Har qanday jamiyatda cho’chqalar bor albatta ular bo’lgandan so’ng shu kabi ko’ngilsizliklar ham bor! Ular boshida o’zlariga 7ta tamoyilni shior qilib olishadi ammo nafs degan balo hokimiyat tepasida turgan cho’chqalarni ham o’z hukmiga bo’ysundiradi va cho’chqalar asl cho’chqaliklarini ko’rsatadi.

Meni eng xafa qilgan va qattiq ta’sir qilgan joyi Boksyor ismli mehnatkash va fidoyi otning kasalxona deb qassobxonaga vinolar evaziga topshirib yuborilgani bo’ldi😔😔😔

Tashqarida qolganlarning nazari cho’chqalardan odamlarga, odamlardan cho’chqalarga ko’char ammo ularning qay biri cho’chqayu qay biri odam ekanini ajrata olmasdilar.

Asar ushbu satrlar bilan yakunlanar ekan har bir o’quvchiga yetarli xulosani berib tugaydi!

Maqolani Maftunaxon Ne`matova tayyorlagan

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications