Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qaysilar?

Nikoh tuzish ixtiyoriy. Ammo nikoh tuzish jarayonida nikoh tuzishga mone’lik qiladigan holatlar ham bor.
Xususan, nikohdan o‘tuvchilarning biri boshqa shaxsning nikohida turgani qayd etilsa, nikoh tuzilmaydi. Oila kodeksida to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh qayd etilishi qonun bilan taqiqlanadi.

Nikohdan o‘tayotganlardan loaqal bittasi ruhiyat buzilishi, ya’ni ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilganda nikoh tuzishga yo‘l
qo‘yilmaydi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications