Nikohdan sudsiz ajrashish mumkinmi?

Voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o’zaro rozi bo’lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.

Er-xotin o’rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to’g’risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo’lgan mol-mulkni bo’lish to’g’risida nizo bo’lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. (Oila Kodeksi 42-modda)

Agar o’rtada voyaga yetmagan farzand bo’lsa va (yoki)taraflardan biri ajrashishga qarshi bo’lsa, nikohdan faqat sud tartibida ajrashiladi. Agar o’rtada umumiy mulkni bo’lish to’g’risida nizo bo’lgan taqdirda ham, nikohdan faqat sud tartibida ajrashiladi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, er-xotin o’rtasida voyaga yetmagan farzandlari bo’lmasa, har ikkalasi ham ajrashishga rozi bo’lsa va oralarida mulkiy nizo mavjud bo’lmasa, nikohdan FHDYO (ЗАГС) orqali ajrashish mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications