Nikohni bekor qilish uchun to’lanadigan davlat boji miqdori

Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan:

  • nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan – Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
  • takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
  • nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda – boj da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi.
  • bedarak yo‘qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan – Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYO) tomonidan nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun:

  • voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yicha – er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan Bazaviy hisoblash miqdorining 150 foizi miqdorida
  • agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan –  Bazaviy hisoblash miqdorining 150 dan 300 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan)
  • er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan  – Bazaviy hisoblash miqdorining 300 dan 400 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan) 

davlat boji undiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications