Nikohning haqiqiy emasligi deganda nima tushuniladi?

Atrofdagilarning tazyiq va qistoviga bo‘yin egib, yoki hoyu havaslarni o‘ylab nikoh tuzish aslo mumkin emas. Ayrim holatlarda ham sohta nikoh tuzish qoralanadi.
Nikohni qayd etish davlat organlaridan bexabar tuzilgan nikoh haqiqiy emas, deb topilishiga asos bo‘ladi. Nikoh avvalo, qonuniylik prinsiplariga to‘la javob berishi, er-xotin zimmasiga huquqiy majburiyatlar yuklashi, olishi bilan yuzaga keladi

Oila kodeksida nikoh tuzish tartib va shartlari belgilangan bo‘lib, uning buzilishi sud tomonidan ushbu nikohni haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Nikoh yoshi buzilganda, nikoh tuzishga mone’lik qiladigan holatlar ro‘y berganda, sohta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ular-dan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda ham nikoh haqiqiy emas, deb hioblanadi.

Qolaversa, nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topiladi.

Nikohni haqiqiy emas deb topish uchun yana quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
• yakka nikohlilik prinsipining buzilishi;
• nikoh yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa;
• muomalaga layoqatsiz shaxs bilan tuzilgan nikoh;
nikohga o‘tish vaqtida oila qurish maqsadining sohtaligi;
• farzandlikka olgan va farzandlikka olingan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikoh.

Nikoh tufayli shartlar ham buziladi, natijada majbur etilgan ayolning shaxsiy manfaati ham buziladi. Shuning uchun majburlash kimga nisbatan qo‘llanilsa, o‘sha kishi nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo qilishi mumkin.

Ammo ushbu holatda jamoat manfaati buzilganligi uchun da’vo prokuror tomonidan hal qilinishi mumkin. Nikoh tuzgan ayol nikoh yoshiga yetsa, uning o‘zi, ota-onasi yoki vasiy (homiy) va prokuror nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo qilishi mumkin.

Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida hal etiladi.

Nikoh haqiqiy emas deb topilgach, ish haqida sud qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi.

Sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma olinib, nikoh tuzilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi.

Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan nikoh tuzilgan vaqtidan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiy munosabatlari qonunchilikka asosan tartibga solinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications