Nikohsiz tug’ilgan bolaga aliment to’lanadimi?

O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 64-moddasiga binoan, mazkur Kodeksning 61,62-moddalarida nazarda tutilgan tartibda otalik belgilanganda, o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan bolalar ota-onasi va ularning qarindoshlariga nisbatan o’zaro nikohda bo’lgan shaxslardan tug’ilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi.

Demak, Oila kodeksining yuqorida keltirilgan moddalariga ko’ra, otalik fakti FHDYO yoki sud orqali belgilangan taqdirda, taraflarning notarial kelishuviga ko’ra yoki sud buyrug’iga ko’ra, mazkur bola foydasiga qonunda belgilangan tartibda aliment undirilishi mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications