Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olish uchun qancha toʻlov qilinadi?

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya bergnalik uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov qilinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi;

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications