Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishda qanday hujjatlar talab qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olish boʻyicha quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza (unda yuridik shaxsining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobraqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati.

Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi va elektron manzili koʻrsatiladi);

yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;

pedagog kadrlar haqida maʼlumot;

oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar nusxalari.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications