Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

“Sh.Sh.Abdurazakovni Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Shavkat Shokirdjanovich Abdurazakov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev