Omina Shenlikoʻgʻli “Imomning maneken qizi” asari haqida

Badiiy asar inson dunyoqarashini o’stirishi bilan birga uni tafakkur qilishga undaydi. Shu sababli bo’sh vaqtlarimda kitoblarga oshno bo’lib,ulardan xulosa chiqarishga odatlanganman. Kuni kecha qizim o’qiyotgan kitobni ko’rdim-da,uni o’qishga oshiqdim. Dastlab, uni nomi menga qiziq tuyuldi. Imom va maneken bir biriga zid bo’lishi bilan bir qatorda imomning qizi maneken bo’lishi qiziq tuyuldi. Shuning uhun bir kechada o’qib chiqqan asardan juda qattiq ta’sirlandim. O’z xatolarimni anglashga urindim.Imomning aqlini shoshirgan Fotimani xatti-harakatidan xudoyim bejizga uchta qizni yaxshi tarbiyalab, voyaga yetkazib, turmushga uzatgan ota –onaga jannat va’da qilmaganligiga yana bir bor iqror bo’ldim. Asar qahramoni imom masjid yaqinidagi uylarga ijrada yashab ko’chib yurarkan. Uni Fotima ismli qizi va Usoma ismli o’g’li bor ekan. Imomning yashayotgan uyi tomidan yomg’ir yog’ganda chakka o’tib turar,bir derazaning singan bo’lagiga bo’z tortilgan uy ekan. Olayotgan maoshi ham oz ekanki,hatto onasini ko’rgani borolmas ekan. Bu holat qiziga hech yoqmas,hatto o’lik yuvishidan ham jahli chiqib oriyat qiladi. Fotimaga diniy ilm o’rgatish maqsadida arab tili kurslarida o’qitadi, Qur’on kitobini yod oldiradi, hijobda yurgizadi. 8 yoshida ko’chada o’ynayotganda ikki kishi imomni yomonlaganda eshitib qoladi va u imomlik yaxshi kasb emas ekan deb ,otasini ichida yomon ko’rib qoladi. Bora -bora mahalladagi Betush xolaning hiylasiga uchib otasiga qarshi borishga harakat qiladi. U tez- tez unikiga kirar, sababini so’rasa, uyda telvizor yo’qligini ro’kach qilardi. Qo’shni ayol maniken qizlarni tayyorlab ,odam savdosi bilan shug’ullanishini bilmagan Fotima maniken bo’lish orzusida yashay boshlaydi. Ochiq sochiq kiyingan ayollarga havas bilan qaraydi. Onasiga o’z hayotlaridan noliyveradi. Hattoki, imomni ota deyishni ham istamay onasiga” eriz” deb gapirar edi. Onasi Gul xonim ikki o’t orasida qovirilar edi. Qizini yo’qotib qo’yayotganidan tashvishlanar. Eriga qarab rahmi kelib yuragi ezilib ketardi. Shunday bo’lsa ham imom halimlik bilan qizini sizlab nasihat qilar, bu esa Fotimani battar jahlini chiqarar edi. Onasi ham qattiq turib urib so’kishga undaganda” G’azab qancha kuchli ko’rinmasin, aslida uning ishi vayronalikdir” deb yaxshi gapirib nasihat qilishdan nariga o’tmasdi. Qizini ortidan poylab borganda aftobusdan tushib hijobini yechib, mini yubkada ko’rganda,mashina ichida engashib yig’lganda ham, gazetada boshqa ism bilan maniken bo’lib chiqanini bilsa ham qiziga indamadi. Faqat o’gli gazetadagi suratni aytganda,” U opang emas, opang aqlli qiz. Alloh bergan vujudini ko’z ko’z qilmaydi. Shayton yo’ldan urib shunday qilgan taqdirda ham darrov tavba qilgan bo’lar edi” deb, ko’zi bilan ko’rganlarini birovga aytmaydi. O’z o’zidan savol tug’iladi. Nega ilmli uquvli qiz Fotima otasiga isyon qilyapi?! Uning aybi diniy ta’lim berganimi?! Hijobda kiygizganimi? Bu savolga biz javob topa olmaymiz,chunki qaysi bir amalimiz bilan savobga, qaysi bir gunohimiz tufayli turli xil sinov va musibatlarga giriftor bo’lamiz. Lekin farzandlarimizni ta’ziyq ostida ko’p cheklovlarda ushlash oqibati yaxhi emasligini asar orqali tushinib yetdim.

Masalan, sigaret chekma deymiz,aroq ichma deymiz ,ammo yashirib bo’lsada, undan ta’tib ko’ruvchi yoshlarimiz borligi bizga sir emas. Shu sabab jamiyat bilan hamnafas yashash bilan birga, do’st dushmanni farqlashga o’rgatishimiz lozimligini angladim. Agar imom ham qizi orzu qilganidek, televizor olib berganda, arg’umchoqlar uchishiga to’sqinlik qilmaganga, “Imomning qizisan” deb beg’ubor bolaligini tortib olmaganda, balki hayotlari boshqacha bo’larmidi. O’zim ham shu o’rinda e’tibor berib qarasam , “o’qituvchini qizisan” deb ko’p cheklovlar qo’yganimni esladim. Ham qizimning sinfiga rahbar edim. Ularga o’rnak bo’lishi uchun bir qolipda ushlaganimda qizimga oson bo’lmaganini his qildim. Aslida u ham bir bola o’ynashga, kulishga haqqi bormasmidi. Biz ta’lim berishda bolani bezdirib qo’ymasligimiz lozimligini tushundim. Fotima uydan qochib ketgach, Betush xolasi pul berib o’zining odamlariga jo’natadi. Shu bahona imomga bo’lgan o’chini oladi. Xalqimizda qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi, degan naql bor. Avvaliga sigaret chekishi, keyin oq dorini iste’mol qilishni boshlashi so’ngra uydan ketishi imomni juda charchatdi. Masjidga kirib Ollohdan hidoyatga boshlashini yig’lab so’raydi. Yana payg’ambarlar hayotini yodga olib o’ziga taskin berishga harakat qiladi. Soch soqoli ham darrov oqarib ketadi. Fotima ham to’kin hayot ilinjida Betush xola aytgan manzilga boradi. Kutib olgan ayol ularni yomon joylarga bormaslikarini ta’kidlab qo’yadi. Fotima o’zini ehtiyotlab ish joyini uch marta almashtiradi. Orada Betush xolasi ham qarzini istab, urishib ham ketadi. Fotima orzuziga yetgani bilan xursand emas edi. Har kuni ichidagi Fotima bilan jang qilar, o’z uyini ota-onasi, ukasini qo’msar edi. Otasining so’zlari quloqlari ostida jaranglar edi: “Qizim bolajonim, o’zingni ehtiyot qil. Shaytoniy hoy-u havaslarga berilma. Inson oltinga o’xshagan bo’ladi. Najosatga tushsa ham tozalansa, Alloh nazdida toza hisoblanadi. Lekin insonning oltindan farqli yana bir tarafi borki,bir marta ifloslandimi tozalansa ham, odamlarning ko’z o’ngida dog’li bo’lib qolaveradi. Ertaga farzandli bo’lganingda ularning oldida vijdoning pok bo’lib onalik qilsang, turmush o’rtog’inga nisbatan ham vijdoning pok bo’lsa, ko’ngling hotirjam bo’ladi. ”Yana “imomning qizi ekanligini unutma demayman” ,“Allohning quli ekanligingni unutma”degan so’zlarni aytganda ichida yig’layotganini qizi qayerdan ham bilsin. Endi bo’lsa otasining so’zlari quloq ostida jarang sochganda ularni holatini his qila boshladi. Otasini ko’ziga qarashga botinolmay uydan ketgan qiz o’sha yomon ko’rga uyiga borishga oshiqadi. Lekin ju’rati yetmaydi. Shunday bo’lsada, u iffatini saqlaydi. Atrofidagi bulg’angan ayollarni to’g’ri yo’lga yurishga da’vat etadi. Asli tortar nasliga deb, Fotima ham o’zligini topib uyiga qaytib boradi. Qo’shi mayitni otasi deb faryod chekadi keyin bilsa otasi xursand bo’lib turadi. Qizning boshqalarga o’xshamagan xatti-harakatidan xo’jayinning ukasi surishtirib, yaxshi insonni farzandiligini bilib, qizni sinovlardan o’tkazib ,uning qo’lini so’raydi. Xayriyatki, imomning nasihatlari beiz ketmadi. Shu o’rinda bir rivoyat yodimga tushdi.Uni menga dadam aytim bergan. Bir savdogar bor ekan. Tuyalarga yuklar ni ortib sahrolardan yurib,dendizlarni kechib, savdogarlik qilar ekan.

Bir kuni Tuyalarni boshlab yuruvchi Oq tuyasi kasal bo’lib yotib qolibdi. O’sha to’xtagan shaharlarini bozoriga tuya olgani borishibdi. Bir oq tuya bor ekanu,biroz yosh ekan. Ular mayli yosh bo’lsa ham olaveramiz deb sotib olishibdi. Sotuvchi ularga bir aybi bor,bilmadim bu qanaqa ,lekin onasi ko’lmakni ko’rsa yotib olar edi, debdi. Shunda ular onasi ekanu,bolasi undaymasdir deb olib ketishibdi. Karvon yo’lga chiqib, ketishayotsa,dayodan o’tishga to’g’ri kelibdi. Daryodan kechib o’tayotganlarida haligi tuyadaryoning o’rtasiga kelganda daryoga yotib olibdi. Shunda barcha tuyalar suvga yotib barcha yuklar daryodan oqib ketibdi. Bundan jahli chiqqan savdogar xotinini javobini berib, chopar jo’natibdi. Atrofidagilar hayron bo’lib buni sababini so’rashganda, xotiniga uylanayotganda onasi yengil oyoq deyishsa, onasi ekanku, qizi yaxshiku, deb olavergandim degan ekan. Tuyadagi holatdan ko’rinib turibdiki, onaning qusurlari, illatlari baribir bolada saqlanib qolar ekan. Shuning uchun dono xalqimiz “onasini ko’rib qizini ol“ deb bekorga aytishmagan ekan. Fotima “Hayot maktabidan” katta dars oldi va xulosa chiqardi. Onasining oqilaligi va otasini ezgu ishlari sabab, Olloh uni to’g’ri yo’lga hidoyat qildi. Biz ham hayotning har xil sinovlari bilan to’qnashamiz. Har bir musibat ortidan,yaxshilik ham kelishini unutmaylik. Alloh ota-ona baxtiga musharraf qilganiga shukrona qilib,ularni komil inson qilib tarbiyalash burchimiz ekanligini unutmaylik. Qiyin vaziyatlarda Ollohdan sabr qanoat so’rab chiroyli yechim berishini so’raylik. So’zim yakunida hech kimni solih va soliha farzandlar ko’rishdan benasib qilmasligini tilab qolaman. Mana shu asarni barcha o’qishini va undan o’zi va oilasi uchun ma’naviy ozuqa olishini istab qolardim.

Dilafruzxon Orzikova

Fargʻona viloyati Fargʻona tumani 51-oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications