Ota-onaning huquq va majburiyatlari qanday?

Xalqimizda oilaboshi otadir. Ona ham huquqiy tomondan ota bilan barobardir. Ota qanday huquq va majburiyatlarga ega bo‘lsa, ona ham u bilan oilada teng javobgardir. Shu ma’noda oila qurgan er-xotin farzand tug‘ilgach, bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.

Bola haqida g‘amxo‘rlik qilish, unga ta’lim-tarbiya berish ota-ona uchun faqat axloqiy qoida emas, balki konstitutsiyaviy huquq va burch hamdir.
Konstitutsiyamizda “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” deya qat’iy belgilab qo‘yilgan.

O‘z o‘rnida davlat va jamiyat yetim va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi.

Ota-ona o‘z farzandlarining tarbiyasi bilan shug‘ullanish, ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish, bolalarning sog‘lig‘i, ruhiy, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamoloti haqida qayg‘urishi zarur. Ota-ona va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi. Ular o‘z huquq va majburiyatlarini bajarmagan hollarda ota-onalik huquqidan qonunchilikka asosan mahrum qilinishi mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications