Patronat nima?

Patronat tarbiya bolalarni tarbiyalash uchun oilaga berishdir. Patronat tarbiyaga barcha bolalarni berish mumkin emas.

Xo‘sh, qaysi bolalarni oilaga tarbiyalashga olish mumkin?

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onasi vafot etgan bolalar, ota-onasi muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.

Oila kodeksiga ko‘ra, bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishib, bolalarni oldindan tanlab oladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda ularning xohishi muhim. Bola rad etsa, patronatga berilmaydi.

O‘n yoshga to‘lgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications