Oila kodeksiga muvofiq, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida tu zilishi va qayd etilishi lozim. Shuning uchun, diniy rasm rusumlarga binoan tuziladigan nikoh haqiqiy hisoblanmaydi va qonuniy deb tan olinmaydi.
Oila kodeksi 62-moddasiga muvofiq, o`zaro nikohda bo`lmagan otaonadan bola tug`ilgan taqdirda, otaonaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo`lmasa, ushbu Kodeksning 61-moddasida ko`rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.
Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog`ida bo`lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek, bola voyaga etganidan keyin uning o`zi bergan arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug`ilishiga qadar javobgar bilan birga yashagani va umumiy ro`zg`or yuritgani yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganligi yoxud ta`minlab turganliklarini yoki ja vobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e`tiborga oladi.
Uy-joy kodeksining 32-moddasiga muvofiq, turar joy mulkdorining oila a`zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning otaonasi, shuningdek, mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo`lmagan bo`lsa, faqat o`zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a`zolari, deb tan olinishi mumkin. Shunday ekan, o’zaro qonuniy nikohda bo’lmagan er-xotin uy-joy mulkdori oila a’zosi deb tan olinmaydi.