Qo’rqma asari haqida

Bu asar bugungi kunda adabiyotimizga o’zgacha ruh va o’ziga xos ifoda yo’li bilan kirib kelyotgan yosh yozuvchi Javlon Javliyev qalamiga mansub.Bu asar yozuvchining o’zi e’tirof etganidek:”Ulug’ millati oldidagi qarzdorlik burchi o’laroq    dunyoga kelgan”. Bu asar haqida gapirganda, albatta, undagi obraz, oʻzgacha ifoda va hech kimnikiga oʻxshamagan lirizm haqida gapirmaslikning iloji yoʻq. 

    “Qoʻrqma” asarini mutolaa qilgan har bir oʻquvchida oʻzi bilmagan holda oʻtgan asrda Germaniyaga oʻqishga ketgan yetmish nafar talabaga nisbatan mehr uygʻonadi. Oʻquvchi mana shu millat uchun, uning kelajagi uchun bel bogʻlab oʻqishga kirishgan, hattoki oʻlimni-da buniyam olgan, bularning barchasini faqat el-yurti uchun, mana shu millati uchun begʻaraz bajarishga kirishgan bu talablar va bugungi kundagi imkoniyati bilan turib oʻqimaydigan yoshlarimizni solishtirib koʻradi. Abduvahob Murodiy, Choʻlpon va Fitratdek haqiqiy ma’rifatparvar yurt fidoyilari qayerda-yu, Qiztaka, Qorovoylar qayerda. Kezi kelganda shuni ham aytib oʻtish kerakki, yozuvchi oʻz qahramonining xonadoshlari, ya’ni Qiztaka, Qorovoy, Telefonchi kabi obrazlar orqali bugungi kun yoshlarining tipik vakillarini gavdalantirgan. Bundan tashqari asarning yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, bu asar qanchalik ijtimoiy dolzarb muommolarni yoritmasin, unda oʻtli ishq-muhabbat, ikki yoshning bir-biriga boʻlgan samimiy sevgisi ham qalamga olingan. Javlon Javliyev oʻz asariga koʻrinmas va oshkora fojealarni ustalik bilan kirita olgan. Romanda Orol fojeasi haqida gapirilishi ham shundan dalolat. Xullas bu asar biz millat uchun oʻqishdan hech qachon  toʻxtamasligimiz, bu yoʻldagi hech  bir toʻsiqdan QOʻRQMAsligimiz haqida.

Musurmonova Jasmina Xolmurod qizi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications