Rashod Nuri Guntekin – Iztirob asari haqida

Tog’lardan qaytayotgan aks sadoda har bir tovushning qanchalik ulushi bo’lsa, Buyuk millat saodatida mening shunday hissam bo’ladi…

Asarni o’qir ekanman Zahroga qo’shilib otasini yomonlay boshladim. Bu asar Zahroning iztiroblari haqidadir deb o’yladim. Hatto otasini o’lim to’shagida yotganini eshitib ham sovuqqonlik bilan borishni rad qilgani, otasiga bo’lgan cheksiz nafratimni uyg’otdi. Zahro otasini ko’rishga borish uchun rozi bo’lganini o’qib esa, unda nihoyat rahimdillik hissi uyg’ondi degan qarorga kelgandim ( asarning so’nggi qismlarigacha Zahroda zarracha achinish, kechirish hissi yo’q edi, hayot va otasini “yuzaki” bilishi bunga sabab edi).

Zahro Istanbulga jo’nash uchun poyezdga o’tirdi. Kupeda bir ayol bilan tanishib qoldi, u ayol nabirasi bilan Istanbulga ketayotgandi, bor dardini Zahroga aytib berdi. Zahro bu suhbatdan so’ng o’zining bolaligini esladi. Zahroning bolaligi Bekarbegidagi bir chekka saroyda o’tgandi. Buvisi Makbule xonim yaxshi ayol edi. Uning ikki qizi bo’lib, biri Ruxsor biri Zahroning onasi Meveddet edi. Ruxsor qizi bir ziyoli oilaga tushgan, lekin xorlikda, zug’umlarda yashab oxiri o’z eri tomonidan o’ldirilgan edi. Buvisi shu gaplarni har kechasi nabirasi Zahroga aytib berar va buviyu nabira birgalashib yig’lar edilar. Zahro otasi Murshid afandini raqiga (ichkilikka) berilgan, maishatboz, qimorboz inson (exx Zahroo) deb bilardi. Bolalariga kiyim kechak olib bermagan, topgan pulini qimorga sarflardi.

Zahroning bir opasi Feriha ham bor edi. Murshidbey qizlarini ko’chaga chiqarmas uyga bandi etgandi. Yillar o’tib Zahroning opasi Feriha olamdan o’tdi. Bunga otasi Murshidbey aybdor deb bilardi hamma…

Zahroni 1 yilda bir marta uyiga borishga ruhsat beradigan maktabga joylashtirdi otasi. Niyati qaynonasi va xotinini yolg’iz qoldirib azoblash edi. Zahroni ko’rishga buvisi borib turardi, lekin u yerdagilar, otasi qattiq tayinlagani hech kimga ko’rish uchun ruhsat yo’qligini aytardi. Noiloj Makbule xonim ortiga qaytardi.

Zahro buvisidan onasidan uzoqda ulg’aydi, u yerda kitobdan boshini ko’tarmas, nuqul o’qir, o’yin kulguga ham e’tibor bermasdi. Bunday olib aytganda yoshi nisbatan o’yinqaroq emasdi, kattalardek fikirkar o’zini shunday tutardi. Oradan yillar o’tib onasi uzoq xastalikdan vafot etgani, buvisi ham kasal bo’lib qolganini, uzoq muddat kasalxonada yotib u ham jon berganini eshitdi. Zahro 15 yoshida maktabni bitirdi, uni endi hech kimi yo’q edi: onasi va buvisi olamdan o’tgan, otasi qamoqda… Shunday hayollar bilan Zahro Istanbulga yetib keldi. Uni Vehbi afandi qarshi oldi. “Ertaroq kelmaysanmi qizim, otang yo’linga ko’z tikib Zahro, Zahro deb jon berdi” dedi.

Vehbi afandi 70 yoshlardagi nafaqadagi harbiy kotib edi. U xotini bilan birga Ayubsultondagi eski bir uyda yashardi. Zahroni o’sha yerga olib bordi. U yerda Vehbi afandining xotini, yana janozaga kelgan ayol ham bor edi, ular Zahroga hamdardlik bildirishgandek bo’lishdi, uni xonaga otilib kirishini otasi boshida dod faryod qilishini taxmin qilishgan edi, lekin, Zahro unday qilmadi, sovuqqongina, xotirjam turardi. Bu ularni hayratga soldi. Vehbi afandi Zahroga marhumni ko’rishni istasa, xonaga kirishini aytdi, Zahro inkor qildi, otasini ko’rishni istamadi.

Dasturxon atrofida yig’ilishdi, Vehbi afandi Zahroga bir kalit uzatdi, u Murshidbeyning sandig’ining kaliti edi. Lekin u inkor qildi, unga kerak emasligini , sandiqni qabristondagilarga berishini, otasini biror qarzi bo’lsa hammasini to’lishini aytdi…

Zahroga bir xonani hozirlashdi, Zahro xonaga kirdi va biroz o’tirib sandiqda nima borligiga qiziqdi va sandiqni ochdi, ichida eskirgan sholcha yana bir narsalar borligini ko’rdi va o’zicha jilmaydi, bunday otadan nimani kutsin edi, arzirliro narsa bo’lganida otasi uni allaqachon sotib yuborgan bo’lardi.

Sandiqda bir qulflangan qutichani ko’rdi, uni qiziqib qulfni buzib ochib ko’rdi, unda bir nechta hujjatlar va bir daftar turardi. Xotira daftari, uni ko’rib Zahro istehzoli kuldi, “Bu odam shuncha yomonligi shu bir daftarga sig’arkanmi” deb o’yladi va daftarni o’qiy boshladi. Shu yeridan oxirigacha yig’lab o’qidim asarni, hattoki taqrizni shu joyini yozishda ham ko’zimda yosh bilan yozyapman…

Daftarni o’qir ekan Zahro o’ziga ishonmasdi, hayron edi. Aslida otasi u bilganidek “zolim, qimorboz” inson emasligini, unga buvisi va onasi shunday deb uqtirib kelishganini tushunib yetadi. Aslida bu asar Murshidbeyning iztiroblari haqida ekan…

Zahro daftardagi bitiklarni o’qib bo’lib, otasi yotgan xonaga chiqdi, otasini oyoqlarini o’pib yig’lay boshladi. “Ota… Bechora otam… Meni kechering” deya faryod chekdi. 

P.s:Bo’ldi boshqa hechnma yozolmayman

Yaxshi asar o’qishni tavsiya qilaman. 

Bu asarni o’qib shunga amin bo’ldimki, har narsa ham ko’ringanidek emas… Shakar ham tuz ham bir xil, faqat ularni tatib ko’rib farqlash mumkin…

Qayumova Gulbahor

Asar haqida

Iztirob (turkcha: Acımak) — turk yozuvchisi Reshat Nuri Guntekinning1928-yilda nashr etilgan qisqa romani. Mazkur asar yoshlik yillarida otasidan koʻrgan salbiy muomala sababli rahm-shafqat tuygʻusini yoʻqotgan, otasining vafotidan keyin uning kundalik daftarini oʻqib, otasi va uning hayoti haqidagi haqiqatlarni oʻrganishi haqidadir. Ushbu asar asosida 80-yillarda Ediz Xun bosh rolni oʻynagan film suratga olingan.

Syujet

Zehra-maktab direktori. U yangi turdagi taʼlim-tarbiyaning barcha talablarini bajaradi. Oʻquvchilarning har biriga alohida eʼtibor qaratadi, lekin oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xatolarni aslo kechirmaydi. U hech rahm-shafqat tuygʻusini his qilmaydi. Maorif mudiri ham Zehraning bu xislatidan juda qiynaladi. U ko’pincha Zehrani ogohlantiradi, ammo hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi. Maorif mudiri Tevfik Hayri va muovini Sharif Hayri Bey Zehraning maktabini ziyorat qilish uchun borishadi. Sherif Hayri Bey Zehraga otasining kasal ekanligini, shuning uchun otasining yoniga Istanbulga borishi kerakligini aytadi, lekin Zehra u odam uning otasi emasligini aytadi, boshqa birov boʻlishi mumkinligini aytadi. Ikki kundan keyin maorif mudiriga telegramma keladi. Telegrammada Zehraning otasi Murshit afandining o‘lim arafasida ekanligini va uning zudlik bilan borishini xabar qilingan edi. Mudir Zehrani chaqirib, darhol ketishini soʻraydi. Biroq Zehra yana qarshi chiqadi. Mudir unga yana nasihat qiladi. Mudir uzoq kutmaydi va poyezdga bilet sotib oladi. Birozdan keyin Zehra ketishga tayyor holda keladi va borishga qaror qilganini aytadi. U Istanbulga ketayotib, yoʻlda otasining oilasiga chektirgan azoblarini, onasini, opasini, buvisini qanday vafot etganini, nihoyat, uni maktab-internatga bergani va undan hech ham xabar olmagani haqida o‘ylaydi. Istanbulga yetib keladi. Uni sobiq qo‘shnisi Vehbi Bey kutib oladi. Nega ertaroq kelmaganini, otasi Zehrani intiqlik bilan kutib vafot etganini aytadi. Ular uyga yetib kelishganida, otasining yonida bir necha ayol bor edi. U otasini koʻrishni xohlamaydi. Unga otasining buyumlari solingan sandiqning kaliti beriladi. Aslida u sandiqni qabul qilishni umuman istamaydi, lekin sandiqni ochadi, ichida kundalik bor. U kundalikni oʻqiy boshlaydi. U otasining birinchi xizmat yillari, onasi bilan turmush qurishi, buvisining xatti-harakatlari haqida oʻqiydi. Zehra avval bilgan hamma narsaning aksi ekanligini bilib oladi. Darhaqiqat, u bu voqealarda aybdorlar onasi va buvisi ekanligini tushunadi. Shundan soʻng unda rahm-shafqat hissi paydo boʻladi. Lekin gʻisht qolipdan koʻchgan edi. Garchi u otasining oldiga borib, u bilan birga boʻlishni xohlasa-da, endi faqat otasi uchun duo qila olardi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications