Rasmiy nikohsiz tug’ilgan bolaga otalik belgilanadimi?
Qonunchiligimizga muvofiq, rasmiy nikohsiz tug’ilgan bolaga ham otalik belgilanadi.
Rasmiy nikohsiz tug’ilgan bolaga otalik ota (otalikni tan olgan shaxs) va ona FHDYO organiga ( ЗАГС) otalikni belgilash to’g’risida birgalikda bergan arizasi bilan belgilanadi.
(Bolaning onasi bilan nikohda bo’lmagan shaxsning otaligi o’zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi
61-modda)
Agar ota otalikni tan olmasa, otalik onaning fuqarolik sudiga otalikni belgilash to’g’risida bergan arizasiga muvofiq belgilanadi.