Suad – Alanga ichidagi ayol asari haqida

“Alanga ichidagi ayol” biografik qissa bo’lib, unda muallif o’zi haqida hikoya qiladi. Yoshligidan zulm ko’rgan, qiynoqda yashagan qizaloq hikoyasini o’qirkansiz, hatto qizning oilasidan nafratlanishingiz tabiiy. Negaki, qiz yashaydigan chekka qishloqda erkaklar mutlaq hukmron, ayollarga esa qul kabi muomila qilishlari, ayollar qiz farzand ko’rsa mazax bilan qarashi, qizlarni o’smir yoshdanoq otalari tomonidan tanlangan yigitga turmushga berishi va keyin esa bir umr erining zulmiga ko’nikib yashashga majburligi, mabodo, qizlar biror ‘sharmandagarchilik’ qilsa, hattoki o’limga hukm qilish azaliy odatga aylangan. Ana shunday muhitda o’sgan Suad qo’shni yigitga ko’ngil qo’yib og’ir gunoh qiladi. Sevgim deb o’ylagani esa qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirib tashlab ketadi. Oilasi esa uni o’limga hukm qiladi – tiriklayin yoqib yuborishadi. Biroq, yaxshi insonlar tufayli mo’jiza yuz beradi – hayotga qaytadi. Hayotini Yevropada baxtli davom ettiradi lekin, bu oson bo’lmaydi ya’ni yurtidan bosh olib ketgani bilan alanga taqibidan qutulish uchun ancha vaqt kerak.
Asarni o’qigan o’zbek kitobxonida albatta shukronalik hissi paydo bo’ladi. Biroq dunyoning qaysidir nuqtasida Suad kabi jaholat qurboniga aylanayotgan ayol-qizlar ham yo’q emas, afsuski.

Akromjonova Mohichehra

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications