Savdo bilan shug’ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorning qat’iy belgilangan soliq to’lash tartibi qanday?

Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar opyeratsiyalarini hisobga olish registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar opyeratsiyalarining hisobini yuritishlari shart.

Daromadlarni va tovar opyeratsiyalarini hisobga olish registrlari quyidagilardir:

  • chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlarni va tovar opyeratsiyalarini hisobga olish daftari;
  • tovar cheklari daftari.

Daromadlarni va tovar opyeratsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida yakka tartibdagi tadbirkorni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Daromadlarni va tovar opyeratsiyalarini hisobga olish registrlari oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip o‘tkazib bog‘langan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:

  • savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, – yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay;
  • tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – har oyning yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications