Soliq maslahatchilari tashkilotini qanday davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkin?
Soliq maslahatchilari tashkilotini quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-Rahbari malaka sertifikatiga ega soliq maslahatchisi boʻlishi lozim;
-aksiyadorlik jamiyati shakli tuzilish mumkin emas.
Soliq maslahatchilari tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazish usullari:
-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)
-Istalgan Davlat xizmatlari markazi orqali
Taqdim etiladigan hujjatlar:
arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat
Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)
Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining
4 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)
Soliq maslahatchilari tashkiloti 15-30 daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunning (https://lex.uz/docs/1057052), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347