Tavba kitobidan parchalar | Imom G’azzoliy

Agar amaling Alloh uchun bo‘lmasa, ilming ham

Allohdan o‘zgasi uchundir…

***

Kimda yaxshilik va yomonlikni omuxta ko‘rsang, yaxshiligini yoyib, yomonligining  uzrli tomonlarini qidir. Ishi faqat iflos joylarga qo‘nish bo‘lgan pashshadek bo‘lma. Birovni xatoda, jaholatda ayblashga oshiqma.  Balki buning hikmati keyinroq ochilar, balki hozir sen uni sezmayotgandirsan…”

***

O’zni butkul xayrga bag‘ishlash – muqarrab farishtalarga xos tabiat. O’nglanishni o‘ylamasdan, faqat yomonlikka berilish – shaytoniy fe’l. Yomonlikdan so‘ng yaxshilikka qaytish esa insoniy zaruratdir. Kim tavba qilsa, o‘zining “odam” degan sog‘lom o‘zlikka daxldorligini isbotlagan bo‘ladi. Kim doimo zulmu tug‘yonda bo‘lsa, o‘zini shaytonga topshirgan hisoblanadi. Nafsni butkul xayrga bag‘ishlab, farishta bo‘lish esa imkondan tashqari ishdir.

***

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam deydilar:

“Tavba qiluvchi kishi Allohning suyg‘an qulidir. Gunohdan tavba qilar ekan, go‘yo u gunohi yo‘q kishi kabidir” (Ibn Moja rivoyati).

***

Rasululloh sollallohu alayhi  vasallam dedilar: “Mo‘min bandasining tavbasi Allohni ko‘proq quvontiradi… yonida ulovi, ulovida taomi va suvi bo‘lgan bir yo‘lchi qo‘rqinchli, xavf-xatarga boy, notanish bir joyda to‘xtadi. Safar davomida horib-charchagani bois o‘sha yerda ozgina mizg‘idi.

Uyg‘onib qarasa, yonida ulovi yo‘q. Ulovini rosa izladi. Borgan sari kun qizib, tashnalik ichini yondirardi. “Allohning xohlagani bo‘ldi, endi joyimga qaytib, o‘sha yerda bo‘lay. Balki,  ko‘zim ilinib, uyquda jonim chiqqanini sezmay qolarman”, – dedi o‘ziga o‘zi. Keyin boshini bilagiga qo‘yib, go‘yoki jon taslim qilishga hozirday bir holda yotdi. Bir payt uyg‘onib qarasa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yo‘l ozig‘i va suvlari ortilgan ulovi qarshisida turardi.  Shunday paytda ulovini topgan kishining quvonchi qanchalik kuchli, samimiy bo‘ladi! Mo‘min bandasi  qilgan tavbadan Alloh taoloning quvonchi bundanda kuchliroqdir” (Muttafaqun alayh).

***

Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: “Odam alayhissalom Alloh taologa tavba qilgach, farishtalar bundan mamnun bo‘lishdi. Jibril va Mikoil (ularga Allohning salomi bo‘lsin) Odam alayhissalom oldiga tushib deyishdi:

– Ey Odam, Alloh bergan, ko‘zlaringni quvontirgan bu tavba senga muborak bo‘lsin!

Odam alayhissalom so‘radilar:

– Ey Jibril, bu tavbadan so‘ng mening maqomim qaerda bo‘ladi?

Alloh taolo unga vahiy qildi:

– Ey Odam! Mashaqqat va azob-uqubatni zurriyotingga meros qildim, ularga tavbani meros qildim. Kimki Menga duo qilsa, xuddi senga javob berganimdek, uning duosiga ham javob beraman. Kimki Mendan mag‘firat tilasa, unga baxillik qilmayman. Ey Odam, Men duogo‘yga eng yaqin va duolarni ijobat qilguvchi zotdirman. Tavba qiluvchilarni xushnud va jilmaygan hollarida qabrlardan chiqarib, mahshargohda to‘playman, ularning duolari mustajobdir”.

***

Bir osiy Allohning toatida bo‘lgan mute’ kishiga: “Men ham senga o‘xshagan mo‘minman”, – dedi.

Uning bu gapi qovoqning sanobar daraxtiga aytgan so‘zlarini eslatadi:

— Men ham daraxtman, sen ham daraxtsan. Sanobar daraxti unga shunday javob qildi:

Ildiz neligidan g‘ofilsan. Hali kuz shamoli essin, zaif ildizlaring yerdan uziladi, barglaring to‘kilib, o‘zingni qanday aldaganing ochilib qoladi:

Hali to‘zon tinsin, ko‘rasan beshak,

Mingan ulovingni — otmi yo eshak?

***

Zararli oziqlar badanga qanday ta’sir etsa, gunohlar ham iymonga shunday ta’sir qiladi.

***

Dinning zahari — gunoh. Kimki uni sodir etsa, fursat borida bu qilmishidan qaytmog‘i vojib. Bu

fursat umrdir. Fursat boy berilsa, umr zoe’ bo‘ladi. Gunoh zaharidan, umrning zoe’ bo‘lishidanda

xavflirog‘i va alamlirog‘i muqim ne’mat va bugok mulkka to‘la boqiy oxiratni boy berish, so‘ngra

jahannam olovida yonish, doimiy azobga giriftor bo‘lishdir. Bu dunyodagi umrlarning bir qanchasini

jamlaganda ham oxiratdagi azob muddatining mingdan biricha bo‘lolmaydi. Negaki, u azobning

muddati cheksiz, tuganmas.

***

Ayon bo‘lsinki, shahvatlar — shaytonning qo‘shinlari, aqllar — farishtalarning qo‘shinlaridir. Agar

ular o‘zaro duch kelib qolishsa, oralarida jang bo‘lishi muqarrar. Chunki ular tabiatan birbirlariga zid,

birbirlariga toqat qilolmaydi. Ularning olishuvi tun bilan kunning, nur bilan zulmatning olishuvi kabidir.

Biri g‘alaba qozonsa, boshqasi chekinishga majbur bo‘ladi.

***

O’ylamang, g’addorlik yolg’iz Hindda bor,

Har go‘zalda bir Hind yashirin, makkor…

***

Abu Sulaymon Doroniy ushbu so‘zida haq edi: “Oqil kishi umrining qolgan qismiga emas, balki

toatsiz o‘tgan umri uchun yig‘lasa edi, bu yig‘i uning o‘limigacha davom etgan bo‘lardi. Ajabo, inson

o‘z umrining johillik bilan kechgan qismiga nazar solsa, qolgan qismini qanday kutib olarkan?”

***

Ya’ni oqil kishi nodir bir javharga ega bo‘lsayu, uning bir qismini hech foydasiz zoe’ qilsa,

shubhasiz u buning uchun yig‘laydi. Agar bu zoe’ qilish uning halokatiga sabab bo‘lsa, yig‘i yanada

dahshatliroq tus oladi. Umrning har bir soati, balki har bir nafas nodir javhar yanglig’ bebahodir, hech

narsa uning o‘rnini bosolmaydi. Chunki u abadiy shaqovatdan qutqarib, abadiy saodat sari eltadigan

imkondir. Shunday ekan, bundan ham nodirroq javohir bo‘lishi mumkinmi?!

***

Gunohlaringni  anglamayotganing har qanday gunohdan og‘irroq gunohdir.

***

Jaholat  shunday musibatki, unga yo‘liqqan kishi o‘zining musibat egasi ekanini

bilmaydi. Negaki, g‘aflat uyqusi uni bilishdan to‘sadi.

***

Odamlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar. Ana o‘sha paytda har bir muflisning nochorligi, har

bir musibat egasining halokati ochilib qoladi. Xatolarni tuzatish uchun berilgan imkon tugaydi.

***

Luqmoni Hakim ham o‘g‘liga aytganlar: “Ey o‘g‘lim, tavbani kechiktirma! Chunki o‘lim kutilmaganda

keladi. Kim tavbani kechiktirib, najotga shoshilmas  ekan, ikkita katta xatar ichida qoladi. Bittasi,

gunohlar zulmati to‘planmb, qalbni  to‘la qoplaydi, so‘ng uni muhrlab tashlaydi. Gunoh muhrlangan

qalbdan o‘chmaydi. Ikkinchi xatar  shuki, kasallik yoki o‘lim tavbadan ilgari kelib, xatolarni o‘nglash

uchun vaqt qolmaydi”.

***

Kim Alloh huzuriga sog‘lom qalb bilan borar ekan, najot topadi. Qalb Alloh taolodan bandasiga

berilgan omonatdir. Umr ham Allohning omonati. Shuningdek, toatga sabab bo‘luvchi barcha narsalar

omonat. Kimki omonatga xiyonat qilib, tavba qilmasa, xatarli jazoga yo‘liqajak.

***

Oriflardan biri deydi: “Alloh taoloning bandasiga tegishli ikkita siri bor. Ulug‘ va qudratli zot ilhom

yo‘li bilan bu sirlarni bandasiga bildirgan. Avvalgisi shuki, bola ona qornidan chiqar ekan, unga aytadi:

“Bandam, pok va toza holda seni dunyoga keltirdim, umringni senga ishonib topshirdim, omonatga

berdim. Bas, omonatni qanday saqlashingni o‘yla, ro‘baro‘ bo‘lursan!” Keyingisi shuki, ruh bandadan

chiqyotganida Alloh taolo aytadi: “Bandam, ishonib topshirgan omonatimni nima qilding? Ahdga ko‘ra,

Menga ro‘baro‘ bo‘lguningcha uni saqlay oldingmi? Agar omonatimni saqlagan  bo‘lsang, ahdimga

vafo qilib, mukofot bilan qarshilayman. Agar omonatimga xiyonat qilgan bo‘lsang, omonatni talab

qilib, jazo bilan kutib olaman”.

***

Kir quyqasi sovunning ko‘pirtirishiga, tun sharpasi Kuyosh yog‘dusiga dosh berolmaganidek,

ma’siyatlar zulmati  savob amallar nuriga toqat qilolmaydi. Bu dunyo sultonlari kir ko‘ylakni libos

o‘rnida qabul qilmas ekan, nechun butun olamlar rabbi bo‘lgan Alloh taolo  qoraygan qalbni o‘ziga

qo‘shni — yaqin bo‘lishga munbsib bilsin?! * Iflos  yumushlarda ishlatilgan libos kir bo‘lgani kabi

shahvatlar yo‘lida ishlatilgan qalb ham kirlanadi. Kirini ketkazib, toza qilish uchun libosni issik suvda

sovun bilan yuvish lozim. Qalb esa, tavba ko‘z yoshlari va nadomat o‘ti bilan govilsaptna, bunday

kirg‘uborlardan poklanadi. Har qanday toza libos yoqimli bo‘lganidek, qalb ham po kiza bo‘lsagina

maqbuldir. Tozalik va poklash sizning zimmangizda. Qabul esa taqdiri azaliyda bitib qo‘yilgan, Alloh

taolo huzuridan beriladigan ne’matdir.

***

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

“Agar ko‘kka yetgudek gunohlar qilib, keyin xatolaringizdan pushaymon bo‘lsangiz, albatta Alloh

tavbangizni qabul qiladi” (Ibn Moja rivoyati).

***

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda gunoh qiladi, keyin shu gunohi tufayli jannatga

kiradi”,  – dedilar. “Bu qanday bo‘ladi, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. “Sodir etgan gunohi doimo

o‘zining ko‘z o‘ngida turadi. Gunohdan tavba qiladi, undan qochadi, hatto jannatga kiradi”,  – dedilar

Nabiy alayhissalom (Ibn Muborak rivoyati).

***

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana  aytadilar; “Gunohning kafforati pushaymonlikdir”

(Ahmad, Tabaroniy, Bayhaqiylar rivoyati).

***

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Gunohdan tavba qiluvchi kishi gunohi yo‘q kishi

kabidir”.

***

Rivoyat qilinishicha, bir habashiy janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: “Ey

Allohning rasuli, men fahsh ishlar qilgan edim, endi tavba qilishim kerakmi?”- deb so‘radi. “Ha”, –

dedilar Sarvari olam. U asta yura boshladi, so‘ng orqasiga qaytib, yana so‘radi: “Ey Allohning rasuli, u

ishlarni qilganimda Alloh meni ko‘rib turganmidi?” “Ha”, – dedilar  yana Nabiy sollallohu alayhi

vasallam. Shunda habashiy chinqirib yubordi va o‘sha zahoti jon taslim qildi”.

***

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo iblisni la’natlagan paytda mal’un iblis Alloh taolodan muhlat so‘radi.

“Qiyomatgacha senga muhlat berdim”, – dedi ulug‘ va qudratli Zot. “Ulug‘ligingga qasamki, — dedi

Iblis, — to joni jasadini tark etmagunicha, Odam farzandlarining qalbidan chikmayman”.

“Ulug‘ligmm va buyukligimga qasamki, dedi ulug‘ va buyuk Zot, to ruhi tanasida ekan, bandalarim

uchun tavba eshigi ochiqdir” (Ahmad, Abu Ya’lo, Hakim rivoyati, sahih).

***

Fuzayl deydi: “Alloh taolo: “Gunohkorlarga xushxabar bering, agar tavba etsalar qabul qilaman.

Siddiqlarni ogoh eting, agar ularga adlim bilan hukm yurgizsam, azoblanajaklar”, deb aytgan”.

***

Abdulloh ibn Umar rozmyallohu anhu deydi: “Kimki gunohini eslab alam cheksa, keyin qalbida

bundan qo‘rquv hosil bo‘lsa, uning bu gunohi Ummul kitobdan (Lavhul mahfuz) o‘chiriladi”.

***

Rivoyat qilinadi: “Bani Isroil payg‘ambarlaridan biri gunoh sodir etdi. Alloh taolo unga vahiy qildi:

“…Ulug‘ligim haqqi, agar yana takrorlasang, albatga seni azoblayman”. Shunda u: “Ey Rabbim, Sen

Sensan, men menman. Ulug‘ligingga qasamki, agar o‘zing meni asramasang, shaksiz yana gunohga

botaman”. Keyin Alloh taolo uni gunohdan saqladi”.

***

O’tgan azizlardan biri deydi: “Banda bir gunohni sodir etar ekan, to jannatga kirguncha undan

pushaymon yeydi. Shunda Iblis: Koshkiydi, uni gunohga botirmagan bo‘lsam”, deb afsus chekadi”.

***

Habib ibn Sobit deydi: “Qiyomat kuni kishiga gunohlari ko‘rsatiladi. Keyin u gunohi yonidan

o‘tayotib: “Axir men gunohdan qo‘rqmasmidim?!” deb aytadi. Shunda uning gunohi kechiriladi.

***

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan; “Sodir etgan gunohim uchun tavba

bormi?” deb so‘radi. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu undan yuzini o‘tirdilar. Keyin yana unga qayrilib

qaradi va ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rdi. So‘ng unga dedi: “Jannatning sakkizta eshigi bor,

bittasidan boshqa barchasi ochiladi va yopiladi. Faqat bitta tavba eshigigina doimo ochiqdir.

Eshikning yopilmasdan ochiq turishi uchun bitta farishta tayinlangan. Bas, noumid bo‘lma, solih

amal qil!”

***

Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu deydi: “Sizga faqat Allohning Rasulidan yoki Allohning

kitobidan shuni aytamanki, banda biror gunohni qilib qo‘yib, keyin ko‘z yumib ochgunicha undan

pushaymon bo‘lar ekan, gunohi ko‘z yumib ochishidan ham tezroq to‘kiladi”.

***

Umar roziyallohu anhu deydi: “Tavba qiluvchilar majlisiga shoshiling, chunki, ular qalblari halim

zotlardir”.

***

Bir kishi: “Alloh qachon meni mag‘firat qilishini bilaman”, – dedi. “Qachon?” deb so‘rashdi.

“Tavbam qabul bo‘lgan zahoti”, – dedi u.

Yana biri aytadi: “Men mag‘firatdan mahrum bo‘lishdan ko‘ra tavbadan mahrum bo‘lishdan

ko‘proq qo‘rqaman”.

***

Rivoyat qilinishicha, Bani Isroilda bir yosh yigit bor ekan. U Alloh taologa yigirma yil ibodat

qilibdi. Keyin yana ymgirma yil gunoh ishlar bilan mashg‘ul bo‘libdi. Kunlardan bir kuni oynaga qarab,

soqoliga oq oralaganini ko‘ribdi. Bundan noxush bo‘lib, iltijo qilibdi: “Ilohim, yigirma yil senga itoat

etdim, keyin yigirma yil ma’siyatga botdim. Endi o‘zingga qaytsam, tavbamni qabul qilurmisan?”

Shunda g‘oyibdan sado kelibdi; “Bizni suyding, biz ham seni suydik, bizni tark etding, biz ham seni

tark etdik, bizga itoatsizlik qilding, senga muhlat berdik. Agar bizga qaytsang, tavbangni qabul

qilurmiz”.Rivoyat qilinishicha, Bani Isroilda bir yosh yigit bor ekan. U Alloh taologa yigirma yil ibodat

qilibdi. Keyin yana ymgirma yil gunoh ishlar bilan mashg‘ul bo‘libdi. Kunlardan bir kuni oynaga qarab,

soqoliga oq oralaganini ko‘ribdi. Bundan noxush bo‘lib, iltijo qilibdi: “Ilohim, yigirma yil senga itoat

etdim, keyin yigirma yil ma’siyatga botdim. Endi o‘zingga qaytsam, tavbamni qabul qilurmisan?”

Shunda g‘oyibdan sado kelibdi; “Bizni suyding, biz ham seni suydik, bizni tark etding, biz ham seni

tark etdik, bizga itoatsizlik qilding, senga muhlat berdik. Agar bizga qaytsang, tavbangni qabul

qilurmiz”.

***

 

Bilgilki, tavba gunohni tark etishdir.

***

Abu Said Xudriy va boshqa sahobalar (roziyallohu anhum) aytishgan:

“Sizlar qilayotgan amallaringizni ko‘zingiz oldidagi qilcha ham ko‘rmaysizlar. Holbuki, biz

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonida ularni gunohi kabiralardan deb bilardik” (Buxoriy

rivoyati).

***

 

Banda ma’rifati miqdorida Allohga yaqinlashadi, jaholati

miqdorida Undan uzoqlashadi.

***

Og‘izdan chiqayotgan dam ko‘zgu yuzini

kir qilgani kabi shahvatlar zulmati qalbda to‘planib, to‘suvchi pardaga aylanadi.

***

Ma’siyat va shahvatlardan qalbga zulmat cho‘kkani kabi, toat bilan, shahvatlarni

so‘ndirish bilan qalbga nur yog‘iladi, ma’siyat zulmati toat nuri bilan mahv etiladi. Payg‘ambar

alayhissalomning ushbu so‘zlari bunga ishoradir;

“Yomonlikka uni yo’q qiluvchi yaxshilikni ergashtir” (Termiziy rivoyati).

***

Iso alayhissalom toshni

yostiq qilib yotishgacha borib yetdilar. “O’shanda shayton uning oldiga kelib, degan edi:

– Oxiratni deb dunyodan kechdingmi?

– Ha, nima bo‘libdi?!

– Sening bu toshga suyanishing dunyodan  ne’matlanish-ku! Nega boshingni yerga

qo‘ymaysan?

– Shunda Iso alayhissalom toshni uloqtirdi va boshini yerga qo‘ydi”.

***

Iso alayhissalomning – toshni uloqtirishi dunyodan huzurlanishni rad etish, bundan tavba qilish

edi. Iso alayhissalom boshni yerga qo‘yish umumiy fatvoda vojib emasligini bilmasmidilar?!

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam egnilaridagi yangi ko‘ylaklari namozda

xotirlarini mashg‘ul qilib qo‘yayotganini payqab, uni yechib tashlagan edilar. Kovushlariga bog‘langan

yangi bog‘ich e’tiborini tortganida, yechib, o‘rniga eskisini bog‘laganlar. Nima, Allohning elchisi,

ummatiga shariat yo‘lini ko‘rsatib bergan Muhammad sollallohu alayhi vasallam shariatda bu ishning

vojib emasligini bilmasmidilar? Juda yaxshi bilar edilar. Bilgan hollarida tark etish vojib bo‘lmagan

narsani tark etib, tavba qildilar. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishning qalbda o‘chmas iz qoldirishini, bu iz va’da qilingan  maqomi mahmudga yetishdan to‘sajagini ich-ichidan anglar edilar,

***

Alloh taolo rahmatgiga olsin, Zunnun Misriy deydi: “Allohning shunday qullari bor, ular gunoh darajalrrini qalbning nazar tushadigan joylariga ekdilar va uni tavba suvi bilan sug’ordilar. Daraxtlar pushaymonlik va hazinlik hosilini berdi. Ular jununsiz majnun bo‘ldilarr. Ular  hayrat ichra qotdilar, lekin hayratdan duduqlanib, soqovlanib qolmadilar. Chunki, ular Alloh  va Rasulini taniguvchi bolig’, fasih, orif edilar. Keyin ular safo kosasini simirdilar, natijada uzoq sinovlarga sabrli bo‘lishii meros qilib oldilar. So‘ngra ularning qalblari molakut olamida bexud bo‘ldi, fikrlari jabarut pardalari aro kezdi. Ular nadomat ravoqining soyasida  to‘xtadilar va gunohlar sahifasini o‘qidilar. Natijada ular o‘z nafslariga qo’rqinchu qayg’uni meros qoldirdilar. Hatto taqvo narvoni bilan  zuhd cho’qqisiga ko’tarildilar.

Dunyodan kechish achchig’ini shirin dedilar, qo‘pol, dag’al to’shakni mayin bildilar. Hatto najot qal’asini egallab, omonlik xalqasini mahkam tutdilar to‘liq bo‘lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi bildilar. Ruhlari yuksak-yukspklarga talpinib, jannat bog’larida qo‘nim topdilar. Tiriklik dengiziga sho‘ng’ib, qo‘rquv va qayg’u handaqlarini ko‘mdilar. Ishqsu ishtiyoq ko‘priklaridan o‘tib, ilm maydoniga chodir tikdilar. Hikmat daryosidan hovuchlab ichib, zako kemasiga mindilar. Najot shamoli esib, omonlik bahrida suzib ketdilar. So‘ngra sakinat bog’lariga, izzat va hurmat koniga yetdilar”.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications