“To’siqlarga qaramay sevdik” Mirach Chag’ri Oqtosh asari

Yaxshiyam borsan, degan insonlarni yo’qotish Insonni chinakamiga charchatadi.

“To’siqlarga qaramay sevdik” Mirach Chag’ri Oqtosh

Inson sevishni boshlaganda yashashni ham boshlaydi.

Uilyam Shekspir

Qalbning qasami kimnidir sevib qolgunga qadardir.

Asardan

Tark etildingizmi, yolg’izlikdan,mehrsizlikdan siqildingizmi yoki shunchaki, hali umuman his qilib ko’rmagan haqiqiy sevgi-muhabbat tuyg’usini kutishdan charchadingizmi? Unda bu asar siz uchun…

Ishonaman  asarni o’qiy boshlaganingizda o’zingizga bir yangi do’st topganday bo’lasiz.Ammo xavotir olmang u boshqa ba’zibir “do’stlarga” o’xshamaydi. Mutolaa davomida, avvaliga,har bir satr mazmunini ichdan, azoblanib his qilasiz. Chunki muallif asl haqiqatlar qanchalik achchiq bo’lmasin, ularni yozishdan sira chekinmagan. Shaxsan o’zim asarning ba’zi sahifalarini o’qiyotganimda o’z xatolarimni kimdir yuzimga achinmasdan so’zlayotganini his qildim, hatto mutolaani to’xtatishni ham o’yladim. Lekin bunday qilmadim. Sevish ojizlik emas… Sevilmaslik ham ojizlik emas. Asar mazmuni o’zgacha. Unda insonlarga nafrat, ularni sevmaslik o’rgatilmaydi. Yo’q,aslo bunday emas. Shunchaki, Alloh ato etgan qalbni, undagi muhabbatni hammaga ham isrof qilavermaslik o’rgatiladi. Aniqrog’i muallif shunga urinadi. Albatta,sevgi deyilganda faqatgina yigit va qiz o’rtasidagi munosabat nazarda tutilmaydi bu asarda. O’z qalbingizdagi, hatto o’zingizdan ham yashiringan hislaringiz biroz bo’lsa-da hurlikka erishishini istasangiz, bu asar siz uchun…

Narzullayeva Fazilat Baxtiyor qizi

O’zDJTU talabasi
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications