“Usta va Margarita” romanidan parchalar (Mixail Bulgakov)

“Eng dahshatli razillik – bu qo‘rqoqlik”

Qo‘lyozmalar yonmaydi.

***

Ha, inson o‘ladi, ammo bu muammoning yarmi xolos. Yomon xabar shundaki, u ba’zan to‘satdan o‘lib qoladi, mana gap nimada!

***

Dunyoda yovuz odamlar yo‘q, faqat baxtsiz odamlar bor.

***

Sevgan inson sevgan kishisining taqdirini bo‘lishishi kerak.

***

G‘isht sababsiz hech qachon hech kimning boshiga tushib ketmaydi.

Roman haqida

“Usta va Margarita” – mashhur rus yozuvchisi Mixail Afanasyevich Bulgakovning romani. Asar yozilishi 1920-yil oxirida boshlanib, yozuvchining vafotigacha davom etgan. Yozuvlarni tahrirlash va yig‘ish, yozuvchining bevasi – Yelena Sergeyevna tomonidan adibning vafotidan keyin amalga oshirilgan. “Muhandis tuyog‘i”, “Qora sehrgar” deb nomlangan romanning birinchi versiyasi 1930-yilda Bulgakov tomonidan yo‘q qilingan. Romanning so‘ngi nomi – “Usta va Margarita” 1937-yilda paydo bo‘lgan. Asarning qisqartirilgan shaklda birinchi nashri 1966–1967-yillarda amalga oshirilgan. Kitobning rus tilidagi birinchi to‘liq nashri 1967-yilda Parijda chiqqan. Asar asosida juda ko‘p filmlar va seriallar suratga olingan va sahnalashtirilgan.

Syujet

Asarda ularning har biri mustaqil ravishda rivojlanadigan ikkita hikoya chizig‘i mavjud. Birinchisi XX asrning 30-yillari may oyida, bir necha to‘lin oy kunlari davomida Moskva shahrida, ikkinchi hikoya chizig‘i ham may oyida, ammo deyarli ikki ming yil oldin, yangi davr boshida Yershalaim (Quddus) shahrida bo‘ladi. Roman shu tarzda qurilganki, asosiy hikoya chizig‘ining boblari ikkinchi hikoya chizig‘ini tashkil etadigan boblar bilan kesishadi.

May oyining eng issiq kunlaridan birida Moskva shahrida Voland ismli kimsa paydo bo‘ladi. U o‘zini qora jodu bo‘yicha mutaxassis qilib ko‘rsatmoqchi, aslida esa u – Shayton. Uni birinchi bo‘lib katta jurnal muharriri Berlioz va shoir Ivan Bezdomniylar Patriarx ko‘li yonida uchratib qoladi. Ular o‘sha payt Iso Masih haqida bahslashardi.

Volandning ta’kidlashicha, Iso Masih chindan ham mavjud bo‘lgan va buni Berliozning boshi kesilib ketish ortidan o‘lim topishini bashorat qilish bilan tasdiqlaydi. Ivan Bezdomniy ko‘z o‘ngida Berliozni tramvay bosib ketadi. Shoir Volandning ortdan quvib yetib olishga besamar urinadi. Keyin Massolitga (Moskva adabiy uyushmasi) kelib, bo‘lib o‘tgan voqea haqida shunchalik bema’ni va betartib aytib berganidan uni shahar chekkasidagi ruhiy kasalxonasiga yuborishga harakat qilishadi.

Voland marhum Berlioz bilan birga yashagan “Varyete” teatri direktori Stepan Lixodeyevning uyiga kelib, unga Lixodeyevning o‘zi yozgan, Volandning teatrda tomosha ko‘rsatishi haqidagi shartnomani taqdim etib imzolatadi. Keyin Lixodeyevni kvartiradan haydab chiqaradi va u tushunarsiz g‘alati holatda Yalta shahrida paydo bo‘lib qoladi.

Volandga g‘alati mulozimlar: chiroyli jodugar Gella, dahshatli Azazello, Korovyov (Fagot) va qo‘rqinchli qora mushuk ko‘rinishidagi Begemot hamrohlik qiladi. 302-uyning uy-joy fondi raisi Nikanor Ivanovich Bosoy 50-kvartiraga keladi va u yerda Korovyovni topadi. U Berlioz vafot etgani, Lixodeyev esa Yaltaga ketganini aytib, kvartirani Volandga ijaraga berishni taklif qiladi, ko‘p ishontirishlardan keyin Nikanor Ivanovich rozi bo‘ladi. Nikanor Ivanovich Korovyovdan kvartira uchun 400 rubl olganidan so‘ng ularni mo‘ri ichiga yashiradi. Xuddi shu kuni uni noqonuniy valyuta saqlagani uchun hibsga oladi, chunki bu rubllar dollarga aylanib qolgan edi.

“Varyete”ning moliyaviy direktori Rimskiy va ma’mur Varenuxa Lixodeyevni qidirib topishga samarasiz urinmoqda, u esa o‘z navbatida telegramma ortidan telegramma yo‘llab, o‘z shaxsini tasdiqlashga va hech bo‘lmaganda Yaltadan qaytish uchun yetarli pul olishga urinmoqda. Bu ahmoqona hazil degan qarorga kelib, Rimskiy Varenuxani telegrammalarni olib, ularni kerakli joyga topshirish uchun yuboradi, lekin Varenuxa o‘z manziliga yetib bormay Begemotning qo‘liga tushadi.

Kechqurun “Varyete” sahnasida buyuk sehrgar va mulozimlarining chiqishlari boshlanadi. Voland Korovyovning ro‘parasida qurol otib, undan pul yomg‘irini uyushtiradi, odamlar osmondan tushgan pulga tashlanadi. Sahnada xonimlar uchun do‘kon ochiladi, zalda o‘tirgan har bir ayol o‘ziga ajoyib kiyimlarni tekinga tanlab olishi mumkin. Spektakl tugaganidan birmuncha vaqt o‘tgach, barcha pullar oddiy qog‘ozga aylanadi va ichki kiyimlaridagina qolgan ayollar uylariga shoshilishga majbur bo‘ladi, chunki ular kiygan narsalarning hammasi izsiz yo‘qolgan edi.

Spektakldan so‘ng Rimskiy o‘z kabinetida o‘tirarkan, Varenuxa va uni vampirga aylantirgan Gella uning yoniga keladi. Varenuxaning soyasi yo‘qligini ko‘rib, Rimskiy qochishga harakat qiladi, xo‘roz qichqirig‘ini eshitadi va vampirlar yo‘qoladi. Rimskiy darhol poyezd bilan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketadi.

Shoir Ivan Bezdomniy ruhiy xastaliklar kasalxonasida Usta bilan uchrashadi. Usta o‘zi haqida gapirib beradi. U tarixchi edi, muzeyda ishlagan. Katta yutuqqa erishgach, Arbat ko‘chasidan kvartira ijaraga olishga qaror qiladi va u yerda Pontiy Pilat haqida roman yozishni boshlaydi. Bir kuni u ko‘chada Margaritani uchratadi. Ular darhol bir-birlarini sevib qoladi va Margarita hurmatli odamlardan birining xotini bo‘lishiga qaramay, har kuni Ustaning oldiga tashrif buyuradi. Usta o‘z romanini yozib tugatadi, keyin uni muharrirga topshiradi, ammo ular romanni nashr etishdan bosh tortadi. Kichik parchasi nashr qilingan bo‘lsa ham, u tanqidga uchraydi, shundan so‘ng Usta aqldan ozib qoladi.

Ertalab Margarita biron hodisa bo‘lishi kerakligini his qilib uyg‘onadi va parkka piyoda sayr qilish uchun boradi. U yerda Azazello bilan uchrashadi. Azazello, o‘z navbatida, uni Voland bilan uchrashishga taklif qiladi; Margarita rozi bo‘ladi. Azazello unga sehrli krem beradi, uning yordamida Margarita ucha olishi mumkin. Voland Margaritadan u uyushtirayotgan balning malikasi bo‘lishini so‘raydi va buning evaziga xohlagan narsasini bajarishga va’da beradi. Yarim tunda Iblis bazmi boshlanadi. Erkaklar fraklarda, ayollar esa yalang‘och. Bal tugagach, Margarita Ustani unga qaytarib berishni so‘raydi. Voland va’dasini bajaradi.

Ikkinchi syujet liniyasida bo‘lib o‘tadigan voqealar Usta yozgan romandan olingan. Saroyda Rim prokuratori Pontiy Pilat hibsga olingan insonni so‘roq qilar ekan, u qaroqchi emas, shunchaki adashgan faylasuf ekanini tushunadi, lekin baribir aybdor deb topib, hukm chiqaradi. U Kaifa mahkumlardan birini qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda, ammo Kaifa buni rad etadi. Levi Matvey Ga-Nozrining va’zlarini keltiradi va Pontiy Pilat “Eng dahshatli razillik – bu qo‘rqoqlik” deb o‘qiydi.

Moskva. Kunbotarda Volandning mulozimlari shahar bilan vidolashmoqda. Quyosh botganda Levi Matvey paydo bo‘ladi va ularga Ustani o‘zlari bilan olib ketishni taklif etadi. Azazello Ustaning uyiga Volanddan sovg‘a deb sharob olib keladi. Sharobni ichishgach, qora tulporlar Usta, Margarita, Voland va uning mulozimlarini olib ketadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications