Yer solig‘i
Mart 30, 2023 kuni chop etildi, muallif:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 434-moddasida yer solig’i haqida ma’lumot berilgan bo’lib, unga ko’ra, Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yer solig‘ini to‘lovchilardir.
Hokimiyatlar tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi.
Quyidagi yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘i to‘lanadi:
- dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
- yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
- jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
- xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
- meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
- mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
- tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
!!! Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Bunda ko‘p kvartirali uylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda yer solig‘i umumiy asoslarda to‘lanadi.