Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanish tartibi qanday?

“O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston” rasmiy nomlaridan hosila so‘zlar:
davlatning rasmiy nomini bildiruvchi “O‘z” affiksi va “O‘zbek” so‘zi orqali yasalgan so‘zlar (masalan, “O‘zeksport”, “O‘zbek-Turkman Kapital”, “Uz-Ros Import”, “Uzbekwest” va shu kabilar).

«O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila so‘zlardan quyidagilar o‘z nomlari va ramzlarida foydalanish huquqiga ega:
1) Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarga tutilgan bo‘lsa;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
3) yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari;
4) respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalari;
5) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari – qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma’muriy-hududiy tuzilmalarda joylashgan tijorat tashkilotlarining notijorat hisoblanuvchi yuridik shaxs birlashmalari.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications