Zulmat ostonasidagi muhabbat – Stefani Mayer

Bella va Edvard…

Chindan ham bu ikkisi o’quvchilarning e’tiboriga loyiqmi, bu asardan nimlar olish mumkin o’zi?

Umuman olganda, badiiy adabiyotning quroli inson ongiga mavhumlikni singdirish. Stefani Mayer esa bu quroldan o’ta mohirona foydalangan.

Birinchi qismni tugatib bo’lgach o’zimni o’ta yolg’iz va ruhan ezilgan deb his qilganman. Negaki men har kuni Bella bilan Edvardning sovuq yuziga termular, yomg’irli ma’nosiz tunlarda u bilan birga bedor yig’lab chiqardim. Lekin men nafaqat Bellaning balki o’zimning hayotim ham rangiz bo’lib borayotganini tushunmaganman.

Oldinlari hamma kitob ezgulikka yetaklaydi deb ishonardim. Biroq hozir angladimki, ayrim asarlar shunchki bizni o’z real hayotimizdan juda uzoqlarga olib ketadi, o’z tashvishlarimiz, shaxsiy masalalarimiz bo’lmagan joy esa bizga ,albatta, juda qiziq tuyuladi. Asar tugagach esa ba’zan hayotga qaytib olishimiz qiyin kechadi. ’’ Zulmat ostonasidagi muhabbat’’ asari ham menga shunday ta’sir qilgan. Xulosam shuki, agar badiiy asardan o’z hayotingizni ajrata olmasangiz, asardagi vampirlar-u bo’rilar hayotiga kirmang..

Yozganlarim hamma uchun bir xilda ishlaydigan teorema emas. Asar voqealari ketma-ketligini yozgandan ko’ra uning mazmunidan kelib chiqib tushunganlarimni yozishni ma’qul ko’rdim.

Saytimiz foydalanuvchisi tomonidan yozilgan

(Agar ushbu maqola muallifi bo’lsangiz, @creklam telegram manzili orqali bizga ism sharifingizni aytsangiz, muallif sifatida sizning ism-sharifingizni yozib qo’yamiz)
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications