Tilni mensimaslik uchun jarima oshirilishi kutilmoqda
4 views
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilmoqda. Tarbiya va taʼlimda tilni erkin tanlash huquqlarini buzish, tildan foydalanishda toʻsqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, Oʻzbekistonda yashovchi boshqa millat va elatlar tillarini mensimaslik uchun jarima miqdorini koʻpaytirish nazarda tutilmoqda — BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha.
Amalda ushbu jarima BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha etib belgilangan.