ID kartaga bosh kiyimi bilan suratga tushish mumkinmi?
Ichki pasport o‘rnini egallashi kutilayotgan shaxsni identifikatsiyalovchi ID-kartalar olish uchun hech qanday maxsus hujjatlar talab etilmaydi, faqat pasport, ariza va davlat boji to‘lovi talab etiladi.
ID karta chipiga karta egasining quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:
biografik ma’lumotlari;
millati;
raqamli surati;
qo‘l barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati — 16 yoshga yetganidan keyin.
ID-karta uchun suratga tushilayotganda bosh kiyimi yechib qo’yiladi. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida NIZOMning 17-bandida belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.