Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlandi

D.A.Xidoyatovni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti             Sh. Mirziyoyev