Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi

“Qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, tashkiliy, ijro va nazorat faoliyatining yagona tizimi joriy etiladi.

Farmon bilan Qonunlar, Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

● qonun hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

● davlat organlari va tashkilotlarining qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish;

● qonun hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash;

● davlat organlari va tashkilotlariga qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashish.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications