Skip to main content

Aforizmlar

Kitob – boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.

Tovus – pensiyadagi afsona.

Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.

Baxt – boylikda desangiz, hamma baxtsiz. Chunki, aqlliga ko‘p narsa kerak emas. Ahmoq esa baribir tuymaydi.

Agar ayb faqat bir tomondagina bo‘lsa, urushlar uzoq davom etmas edi.

Sonet – she’riyatning olifta kamzuli.

Boylikni boylik qilgan – o‘zimiz. Agar unga bunchalik sig‘inmasak, u bir tiyinga arzimas edi.

Mix bolg‘adan qochib qutulaman deb, taxtaga kirib ketadi.

Xotin kishini qimmatbaho mo‘ynalarga o‘rasang – sovimaydi.

Mehmon yaxshi-da! Kelganida bir xursand bo‘lasiz, ketganida – yana.

Yolg‘on o‘zi uncha xavfli emas, uning haqiqatga o‘xshab ketishi xavfli.

Yolg‘onchining yolg‘onchiligi – uning eng yengil gunohidir.

Hamma narsa odamlarni toliqtiradi, faqat ezmalikgina ularning joniga tegmaydi

Men yovvoyilardan emas, ko‘proq «madaniylashganlar»dan qo‘rqaman.

Otni mix bilan, odamni suz bilan taqalaydi.

Zamonang tulki bo‘lsa tozi bo‘lib kuv.

Men hamma narsaga shubha bilan qarayman, faqat bir narsaga shubhalanmayman, u ham bo‘lsa o‘zimni shubhalanishimga shubhalanmayman.

Etikni etikdo‘z tikadi, biroq oyoqning qay joyini qisishini kiyib yurgan odamgina ayta oladi.

Siylagani tiling bo‘lmasa, siypagani kuling bo‘lsin.

Og‘iz yumuq bo‘lgan taqdirda ham masala ochiq qolaveradi.

Och qolsang hech qachon to‘ymasam kerak deb o‘ylaysan, to‘q bo‘lsang hech qachon och qolmayman deb o‘ylaysan.

Vaqtida yolg‘on yaxshi, har doim rost yaxshi.

Yoz bo‘yi yotgan, qish bo‘yi yuguradi

Bitta taqa topib olgan aytarmish: «Bitta ot va uchta taqa yetishmayapti, xolos».

Ochdan so‘rashdi: «Dunyoda eng og‘ir narsa nima?». U javob qildi: «Bo‘sh oshqozon!»

Uzun soqoli bilan echki o‘zini mulla deb o‘ylabdi.

Mushukning boshiga qazi tushib ketdi, «Xudoyim boshimga doim shunaqa do‘l yog‘dir», dedi u.

Mushuklar yo‘q shiyponda sichqonlar tantana qiladi.

Odam bolasining tili chiqishi uchun ikki yil kifoya, tilini tiyish uchun ellik yil kerak.

Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi.

Hayvon och qolganda tajovuz qiladi, inson to‘yganida.

O‘likdan o‘lja yiqqandan, tirikka tekin xizmat qil.

Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq ayb.

Haqiqat havoga o‘xshaydi, nafas olib turasiz-u, o‘zini ko‘rmaysiz.

Tosh qotgan yurakdan badtari faqat suyulgan miya bo‘lish mumkin.

Tashxis sohasida shu qadar ilgarilab ketdik-ki, natijada sog‘ odamning o‘zi qolmadi.

O‘qituvchi uyga vazifa berar ekan, o‘quvchiga «o‘q uzadi»-yu,ota-onani «yer tishlatadi».

O‘z qadrini bilmagan odam, qadrni tushunmaydi.

Bema’ni savol bermasangiz, men ham betayin javob bermayman.

Categories: Hikmatlar