Ahmad Lutfiy Qozonchi – Saodat asri qissalari

Saodat asri qissalari mening ikkinchi o’qigan kitobim. Ahmad Lutfiy Qozonchining asarlarini badiiy uslubda yozganligi o’quvchini qiynab qo’ymaydi. Aksincha, qiziqish uyg’otadi. Ya’ni yoshi kichikroq kitobxonlar ham bemalol o’qishlari mumkin. Bu asar sizni  payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.)ning muborak hayot yo’llari bilan tanishtiradi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) bizni qanchalar yaxshi ko’rganliklarini ,bizni deb ko’z yosh to’kkanlarini, bizni  tezroq ko’rishni istaganlarini bilasizmi o’zi? Bizchi, biz qanchalar sevamiz payg’ambarimizni? Bir kunda necha marotaba eslayapmiz? O’zingizga savol berib ko’ringchi?….

Islom dini uchun qanchadan qancha insonlar o’z jonlarini fido qilishganliklari to’g’risida bu asar. Biz nima qilyapmiz islom dini uchun! Ayting!

Bu asarni o’qing! Chunki siz musulmonsiz. Siz bilishingiz shart ! O’qishingiz shart! Biz musulmonmiz! Biz o’qishimiz shart! Bilishimiz shart!

Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi yaratgan robbingiz nomila o’qing! O’qing, o’qing va yana o’qing! Aslo zerikmang! Bu yo’lda faqat olg’a qadam bosing! Qani olg’a! Qo’lingizga kitobni olinggu o’qishni boshlang! Men ishonaman bu sizning qo’lingizdan keladi! Bu bizning  qo’limizdan keladi! Inshaalloh.

Xonzoda G’iyosiddin qizi

Asar haqida

“Saodat asri qissalari” asari asli 6 jilddan iborat bo’lib, nomidan ko’rinib turganidek, saodat asridan, dinimiz tarixidagi ulkan voqealarda, xossatan, Payg’ambarimiznig (s.a.v) tug’ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlaridan hikoya qiladi.

Asar 39 qismdan iborat. Sarvari aniyo janobimizning (s.a.v) tug’ilishdan to payg’ambarlik vazifasini olgunga qadar kechgan hayotlarini va o’shandagi johiliyat davrini aks ettiradi.

Saodat yoʼlining eng ulugʼ va eng soʼnggi rahbari, Olloh taoloning eng sevgili quli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblarining goʼzal, barkamol, oʼrnakli hayotlarini butun borligʼicha aynan tasvirlash, ashobining unga nisbatan muhabbatini, vafodorlik tuygʼularini mukammal koʼrsatish, dushmanlarining kin va hasadga toʼla xatti-harakatlarini toʼlasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qoʼlidan kelmaydi. Masalan, Аbu Bakr hazratlarining Janobi Rasulullohga (s.a.v.) boʼlgan mehr-muhabbati, Аbu Jaxldagi kin va hasad ummon kabi cheksiz-chegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan gaplar ham, aytilajak gaplar ham shu ummondan bir necha qatradir, xolos.

Yuz yillarcha davom etgan tussiz, masʼuliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshi-yomon, ibrat olish mumkin boʼlgan eʼtiqod, axloq, odat va anʼanalar… undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Tavhid sanjogʼi va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash…

“Saodat asri qissalari” Sarvari anbiyo janoblarining (s.a.v.) tugʼilishdan to oʼlimlariga qadar kechgan hayotlarini aks ettiradi. Undan keyingi — nubuvvat va risolat vazifasini olgandan to Parvardigoriga qovushgunlariga qadar oʼtgan vaqt «Saodat davri» deyiladi.

Boshqa asarlardan farqi

Muallif aniq tarixiy voqea-xodisalarni ishonchli manbalarga — hadisi sharif va siyrat kitoblariga suyangan holda ketma-ketlikka qo’yib, o’ziga hos badiiy yo’sinda aks ettirgan.

Alloh taolo sari eltuvchi yo’l

Insoniyat erisha oladigan eng yuksak axloq qanday bo’lishi lozimligini Payg’ambarimiz (s.a.v) shaxsan yashab ko’rsatganlar. Bundan boshqa yo’l qidirgan kimsa badbaxt bo’ladi. Uni kamsitgan kishi dunyo va oxiratda xor-u-zor bo’ladi.

Asar muallifi haqida

Ahmad Lutfiy Qozonchi – hozirgi zamon turk adibi, tarixchi olim. «Saodat asri qissalari» asari muallifi.

Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936-yili Turkiyaning Churum tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964-yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977-yili Bursa Oliy Islom institutiga arab tili va adabiyoti bo‘yicha asistent bo‘lib ishga kirgan. Hozir Bursadagi Uludog‘ universitetining Ilohiyot fakultetida Islom tarixi bo‘limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) va sahobalarining hayotlariga bag‘shlangan yigirmadan ortiq nomdagi (30 jildga yaqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to‘rtta roman ham yozgan.

Uning «Saodat asri qissalari», «Abu Bakr Siddiq r.a.», «Hazrati Umar ibn Hattob r.a.», «O‘gay ona», «Qaynona» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications