Bosh sahifa / Oila huquqi / Aliment / Alimentni sudsiz o’zaro kelishuv orqali to’lash mumkinmi?

Alimentni sudsiz o’zaro kelishuv orqali to’lash mumkinmi?

Er-xotin o’zaro kelishgan holda notarius orqali aliment to’lash haqida kelishuv tuzishlari mumkin.

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvda aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi ko‘rsatilib, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida notarial tartibda tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi.

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga ko’ra to‘lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga ko’ra to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv taraflarning o‘zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganda hamda aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ular o‘zaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli.

0