Biznesni davlat ro’yxatidan o’tkazish usullari
Tadbirkorlik bilan shug’ullanishni va o’z biznesingizni rasmiylashtirishni istaysizmi?
Biznesingizni ikki usul orqali davlat ro’yxatidan o’tkazishingiz mumkin.
1.Shaxsan kelgan holda
I. Davlat xizmatlari markazi
Talab etilgan ma’lumotlarni kiritish uchun tuman (shahar) ingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling
II. To‘lov
Talab etilgan ma’lumotlarni kiritishingiz bilan, sizga to‘lovni amalga oshirish uchun identifikatsion raqam beriladi.
III. Guvohnoma
To‘lov ijobiy amalga oshgandan so‘ng, sizning Guvohnomangiz avtomatik tarzda hosil bo‘ladi va siz uni markaz xodimidan olishingiz mumkin.
2. Internet orqali
I. Elektron raqamli imzo olish – my.soliq.uz
Siz istagan Davlat soliq inspeksiyasining tuman (shaharda)dan elektron raqamli imzo olishingiz mumkin.
II. id.gov.uz ro‘yxatdan o‘tish
Login bilan parol olish uchun id.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim
III. fo.birdarcha.uz kirish
fo.birdarcha.uz ga kirish uchun id.gov.uz sayti orqali olgan login hamda parolni kiriting.
IV. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish
Tizimga kirish bilan, “Biznesni ro‘yxatga olish” bo‘limiga kirib birma-bir hamma bosqichlardan o‘ting.
!!! Biznesni davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish internet orqali amalga oshirilganda belfilangan davlat bojining 50% miqdorini, ya’ni yarmini to’laysiz. Misol uchun, agar eng kam oylik ish haqining 2 barabari to’lanishi kerak bo’lganda, 1 barabari to’lanadi.