Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi
“Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat ishlarini ham nazorat tartibida koʻrish instansiyasi bekor qilindi.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisi kotibi maʼlum bir ishda qatnashganidan soʻng keyinchalik uni qayta koʻrib chiqish uchun surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi mumkin.
Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi (ilgari haqiqatni aniqlash maqsadida – ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarga nisbatan olib borilgan).
Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash endilikda sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra ham amalga oshiriladi (ilgari ushbu tartib faqat prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilgan).