Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi

Share on telegram
Ulashing
Share on facebook
Ulashing
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yana-da takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, barcha fuqarolar yigʻinlari geografik joylashuvi va aholi soni boʻyicha toifalarga ajratiladi.

Fuqarolar yigʻini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va oʻz vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.

Fuqarolar yigʻini kengashi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyalari fuqarolar yigʻinlari organlari hisoblanadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari jamoatchilik nazorat subyektidir.

Fuqarolar yigʻini majlisida 18 yoshga toʻlgan va fuqarolar yigʻini hududida doimiy, vaqtincha yoki asosan yashayotgan shaxslar qatnashadi.

Fuqarolar yigʻinlarida uning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi komissiyalar tuziladi:

➖ oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;

➖ xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya;

➖ ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiya;

➖ ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya.

Shuningdek, fuqarolar yigʻini huzurida “Keksalar maslahati” guruhi, “Ota-onalar universiteti”, “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalari tashkil etiladi.

Mavzuga aloqador

Yuridik maslahat portali.

Scroll to Top