Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qaroriga ilova qilingan “Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” reglamentiga muvofiq tartibga solinadi.

Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatdan foydalanishi mumkin.

Arizachi oʻzi bilan shaxsini tasdiqlovchi pasportini taqdim etishi kifoya qilinadi. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (har bir shaxs uchun). Ushbu xizmat uch ish kuni mobaynida koʻrsatiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications